xatosi tufayli yuz berdi. Chunki P. Toskanelli yerning ekvator
bo‘ylab uzunligini aniqlashda 12
ming kilometrga adashgan
edi. Keyinchalik olimlar bu xatoni Buyuk kashfiyotga olib
kelgan buyuk xato, deb atadilar.
1492-yil 12-oktabr Amerika q it’asining rasman kashf etilgan
kuni hisoblanadi.
Biroq X. Kolumb 1492-yilda
Hindistonga emas, Amerikaga
kelib qolganligini anglamadi. U Hindistonga keldim, deb
hisoblar edi. Shuning uchun ham X. Kolumb Amerikaning
mahalliy aholisini hindular deb atadi. Amerikaga 4 marta
ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalar
natijasida ochilgan
hududlarda Ispaniya bayrog‘i hilpiray boshladi. Shu tariqa
bu hududlar Ispaniya mulkiga aylandi. X.Kolumb esa o‘sha
hududlarning
vitse
-qiroli etib tayinlandi. Yangi qit’aning
Kolumbiya deb emas, Amerika deb atalishi Italiya dengizchisi
va astronomi Amerigo Vespuchchi (1454—1512)
nomi bilan
bog‘liq.
U 1499—1501-yillarda portugaliyaliklar ekspeditsiyasi tar-
kibida Braziliya qirg‘oqlarini tekshirdi. Buning natijasida, Ko
lumb ochgan yerlar Hindiston emas, yangi qit’a,
degan xu-
losaga keldi. U keyinchalik o‘zining nomi bilan atalgan qit’aga
«Yangi Dunyo» deb nom berdi. 1507-yilda lotaringiyalik
xaritashunos olim M.Valdzemuller Kolumb kashf etgan yangi
qit’ani Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni
taklif etdi. Bu nom hammaga m a’qul bo‘ldi. 1515-yilda Yangi
Dunyo «Amerika» deb atalgan
birinchi globus Germaniyada
yaratildi. Keyinchalik boshqa xaritalarda ham Kolumb kashf
etgan yerlar «Amerika» deb yoziladigan bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: