3. Fransiyada nega Diniy urush yuz berdi?
4. Katoliklar bilan protestantlar (gugenotlar) о ‘rtasidagi urush qanday
natija bilan tugadi?
Mustaqil ish
Fransiya va Angliya m utlaq monarxiyalarini taqqoslang, ularning
o'xshash va o ‘ziga xos tom onlarini aniqlang. So‘ng
jadval tuzib,
javoblaringizni unda aks editing.
7-§. XVI—XVII asrlarda Rossiya
Rus yerlarini birlashtirishning tugallanishi.
Siz VII sinf
«Jahon tarixi» darsligidan Moskva knyazligi yetakchiligida
Rus yerlarining
Oltin 0 ‘rdaga qaramligiga 1480-yilda
barham berilganligini bilib olgan edingiz.
Mustaqillikdan so‘ng ham Moskva
knyazligi rahbarligida
Rus yerlarini birlashtirish jarayoni davom ettirildi. 1485-yildan
boshlab Moskva knyazi Ivan III butun Rus hukmdori unvonini
qabul qildi. Bu davlat bora-bora Rossiya deb ataladigan bo‘ldi.
Nihoyat, 1520-yilda Rus yerlarini birlashtirish, asosan, ni-
hoyasiga yetkazildi. Markazlashgan Rossiya davlatining tashkil
topishi katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
Rossiya podshosi Ivan IV.
1547-yilda
Rus pravoslav cherkovining boshlig‘i
mitropolit
Makariy vafot etgan Buyuk
knyaz Vasiliy III ning o‘g‘li Ivan IV ga
Rossiya tarixida birinchi bor podsholik
tojini kiydirdi.
Bu voqea katta xalqaro
aham iyatga ega b o ‘ldi. C hunki, Rus
davlati hukmdorlari bu davrgacha Buyuk
knyaz deb atalib kelingan. Ivan IV ga
podsholik unvonining berilishi uni G ‘ar-
biy Yevropa davlatlari
qirollari bilan bir
qatorga qo‘ydi. Ivan IV ichki siyosatining
asosiy vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali
boyarlar mavqeyini zaiflashtirishdan iborat edi.
Shu maqsadda
1549-yilda Ivan IV birinchi bor erkin aholi turli toifalari
vakillarining yig‘ilishini — Zemstvo soborini chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin
qoraladi. Sobor yangi Sudebnik
tuzish haqida qaror qabul
qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni ayblari va
Dostları ilə paylaş: