« 0 ‘zbekiston tarixi» darsligi kitobidan m a’lumot olgansiz.
XIV—XVII asrlarda G ‘arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz
berdi va u
Renessans
deb ataldi.
Bu masala bilan shug‘ullanuvchi olimlar Uyg‘onish
davrini
0 ‘rta asrlar turg‘unligidan yangi davrga o‘tish bosqichi deb
baholaganlar. G ‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri o‘z-o‘zidan
yuz berib qolmadi.
U 0 ‘rta Osiyo Uyg‘onish davrining bevosita ta’sirida yuz
bergan. G ‘arbiy Yevropa uyg‘onish davrining vatani Italiya
bo ‘ldi. Chunki, bu mamlakatda
kapitalistik jamiyatga xos
xususiyatlar boshqa davlatlarga nisbatan ertaroq vujudga kelgan
edi. G ‘arbiy Yevropa Uyg‘onish davrining asosiy belgilarini
quyidagilar tashkil etgan:
— jaholat va mutaassiblikni rad etish;
— insonni ulug‘lash, uning iste’dodi,
aqliy imkoniyatlarini
yuzaga chiqarish;
— kapitalistik jamiyatning rivojlanishi ilm-fanning yanada
taraqqiy etilishini zaruratga aylantirib qo‘yganligi;
— adabiyot va san’atda
narigi dunyoni emas, hayotdagi
go‘zallikni kuylash;
— inson erki uchun kurash.
Uyg‘onish davri adabiyoti.
Uyg‘onish
davri adabiyoti va san’atida o‘z davrining
buyuk kishilari ijod qildilar.
Saxiy tabiat
ularning har biriga ko‘p qirrali noyob
qobiliyat in’om etgan edi. Bunday noyob
qobiliyat
egalaridan biri
Uilyam Shekspir
(1564—1616) bo ‘lgan. U: «Inson — ta-
biatning ajoyib m o‘jizasi», deb hisoblardi.
U. Shekspir teatrga muhabbat qo‘ydi.
Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod
qildi. U. Shekspir insonlarni o‘rab tur-
gan
olamni sahna, odamlarni esa ak-
tyorlar deb tasaw ur qilardi.
Teatrning odamlarni taqdir zarbasidan bukilmaslikka o‘rga-
tuvchi, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini
tarbiyalovchi, tubanlikka qarshi kurashga o‘rgatuvchi
maktab
bo‘lib qolishiga astoydil ishonib yashadi. U. Shekspir kelgusi
avlodlarga «Otello»,«Gamlet», «Qirol Lir» va «Romeo va
Julyetta» kabi mashhur asarlarini meros qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: