Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Quldorlar isyoni. 
Bu davrda AQSHda ikki partiyaviy tizim 
ham to ‘la shakllanib bo ‘lgan edi. Respublikachilar partiya- 
sining xalq orasida eng obroTi arbobi Avraam Linkoln 
(1809—1865) edi. Linkolnning qulchilikka qarshi chiqishlarini
109


ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg‘or qismi q o ‘llab- 
quwatladi. Respublikachilar partiyasi Linkolnni prezidentlikka 
nomzod etib ko‘rsatdi va u 1860-yilgi saylovda g‘alaba qo- 
zondi.
Uning prezidentlikka saylanishi bilan hukumatda quldor- 
lar hukmronligiga barham berildi. Bu esa qulchilikka qarshi 
kuchlarining juda katta va ayni vaqtda tinch yo‘l bilan erish- 
gan siyosiy g‘alabasi edi. Ular birinchi marta hukumatda 
hokimiyatni o ‘z qo‘llariga oldilar. Janub plantatorlari say­
lovda m ag‘lubiyatga uchragan D em okratlar partiyasining 
asosiy tayanchi edi. Ular endi qonuniy yo‘llar bilan qul- 
chilikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lolmasliklariga ishonch 
hosil qildilar.
Shuning uchun o‘zlarining qulchilikka asoslangan alohida 
davlatlarini tuzishga kirishdilar. Qulchilik shtatlari AQSH tarki- 
bidan chiqqanliklarini, janubiy shtatlarning o‘z prezidentiga 
ega bo‘lgan 
konfederatsiyasi
tuzilganligini e’lon qildilar. 0 ‘zla- 
rining alohida qo‘shinini ham tuzdilar. Shu tarzda janub plan­
tatorlari qulchilikni saqlab qolish yo‘lida milliy manfaatlarga 
xiyonat qildilar. Endi AQSElda fuqarolar urushi boshlanishi 
muqarrar bo‘lib qoldi.
Avraam Linkoln.
Fuqarolar urushi (1861—1865). 
1861- 
yilning aprel oyida Shimol bilan Janub 
o ‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi. 
Kuchlar nisbati jihatidan Shimol ustun 
edi. 1863-yilda qulchilik bekor qilindi. 
Fuqarolar urushi 1865-yilning aprelida 
shimolning g‘alabasi bilan tugadi. Biroq 
reaksion kuchlar yollagan qotil A. Lin­
kolnni otib o ‘ldirdi. Bu qotillik qul­
chilikni bekor qilishga to ‘sqinlik qila 
olmadi.
1866-yilda AQSE1 K ongressi to - 
monidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra qora 
tanlilarning fuqarolik va siyosiy huquqlari oq tanlilarniki bilan 
tenglashtirildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin