ishchilar, fermerlar, burjuaziyaning ilg‘or qismi q o ‘llab-
quwatladi. Respublikachilar partiyasi Linkolnni prezidentlikka
nomzod etib ko‘rsatdi va u 1860-yilgi saylovda g‘alaba qo-
zondi.
Uning prezidentlikka saylanishi
bilan hukumatda quldor-
lar hukmronligiga barham berildi. Bu esa qulchilikka qarshi
kuchlarining juda katta va ayni vaqtda tinch yo‘l bilan erish-
gan siyosiy g‘alabasi edi. Ular
birinchi marta hukumatda
hokimiyatni o ‘z qo‘llariga oldilar. Janub plantatorlari say
lovda m ag‘lubiyatga uchragan D em okratlar partiyasining
asosiy tayanchi edi. Ular endi qonuniy yo‘llar bilan qul-
chilikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lolmasliklariga
ishonch
hosil qildilar.
Shuning uchun o‘zlarining qulchilikka asoslangan alohida
davlatlarini tuzishga kirishdilar. Qulchilik shtatlari AQSH tarki-
bidan chiqqanliklarini, janubiy shtatlarning o‘z
prezidentiga
ega bo‘lgan
konfederatsiyasi
tuzilganligini e’lon qildilar. 0 ‘zla-
rining alohida qo‘shinini ham tuzdilar. Shu tarzda janub plan
tatorlari qulchilikni saqlab qolish yo‘lida milliy manfaatlarga
xiyonat qildilar. Endi AQSElda fuqarolar urushi boshlanishi
muqarrar bo‘lib qoldi.
Avraam Linkoln.
Fuqarolar urushi (1861—1865).
1861-
yilning aprel
oyida Shimol bilan Janub
o ‘rtasida fuqarolar urushi boshlandi.
Kuchlar nisbati jihatidan Shimol ustun
edi. 1863-yilda qulchilik bekor qilindi.
Fuqarolar urushi 1865-yilning aprelida
shimolning g‘alabasi bilan tugadi.
Biroq
reaksion kuchlar yollagan qotil A. Lin
kolnni otib o ‘ldirdi. Bu qotillik qul
chilikni bekor qilishga to ‘sqinlik qila
olmadi.
1866-yilda AQSE1 K ongressi to -
monidan Konstitutsiyaga tuzatish kiritildi. Unga ko‘ra qora
tanlilarning fuqarolik va siyosiy huquqlari oq tanlilarniki bilan
tenglashtirildi.
Dostları ilə paylaş: