berib, m ustam lakachilarga
qarshi kurashayotgan L otin
Amerikasi xalqlariga yordam berishga qaror qildilar. Irlan-
diyalik, ingliz, nemis, italyan, polyak va ruslar Venesuelaga
keldilar.
1811-yilda Venesuela mustaqil deb e’lon qilindi. Bolivar
Yangi Granadaning Ispaniyadan
ozod boMishiga yordam berdi
va 1819-yilda Yangi G ranada Venesuela bilan birlashdi.
Birlashgan davlatga X. Kolumb sharafiga Buyuk Kolumbiya
deb nom berildi.
Bolivar Buyuk Kolumbiya Prezidenti lavozimini egalladi.
U hindularga solinadigan oMponni bekor qildi. Yirik pomesh-
chiklarning yerlarini musodara qilish to ‘g‘risidagi qonun
loyihasini ishlab chiqdi.
Ammo bu tadbir pomeshchiklarning
qarshiligiga duch
kelib, amalga oshmay qoldi.
Bolivar Ispaniyadan ozod qilingan barcha Amerika respub-
likalari konfederatsiyasini tuzishni orzu qilar edi. Inqilobning
eng qiyin, hal qiluvchi davrida Bolivar xalq bilan birga bo‘ldi
va unga fidokorona xizmat qildi. Shuning uchun ham u yirik
pomeshchiklarga yoqmadi.
Ular Bolivarni jismonan yo‘q qilishga qaror qildilar.
Oxir-
oqibatda u 1830-yilda iste’foga chiqishga majbur b o ‘ldi. U
afsus bilan bunday deb yozgan edi: «Inqilobga xizmat qi
lish — bu dengizni shudgor qilish bilan barobardir». Lotin
Amerikasi xalqlari shu paytga qadar atoqli qahramon — Ame-
rikadagi mustamlakalarning xaloskori Bolivarni hurmat bilan
eslaydilar.
Dostları ilə paylaş: