buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki
gurahi deb hisoblaganlar. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya
hukmdorlari mamlakatni chetelliklar uchun yopib qo‘ydilar
va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib yubordilar.
Syogun farmonida bunday deyilgan edi: «Shu davrdan
boshlab Yaponiyaga chetellardan hech kim, hatto elchilar ham
kiritilmaydi. Hatto o‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila
olmasligi lozim».
Syogun deb kimga aytilganligi va lining hokimiyati qay
tariqa о ‘matilganligini eslang.
Shu tariqa yillar ketidan yillar o‘taverdi. Va nihoyat, 1854-
yilda AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur
etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida «Tinchlik va
do‘stlik to ‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yapo
niya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul
qildi. AQSHdan so‘ng Yaponiyada Yevropa davlatlari ham
birin-ketin kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari Yapo
niya bozorlarini egallash edi.
1858-yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib
qo‘yildi. Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik
huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlariga juda past boj
to ‘lovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shart-
nomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu
shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi teng bolmagan shart-
nomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermas-
likning iloji yo‘q edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va
iqtisodiy yopiqlik davri tugadi.
Dostları ilə paylaş: