Jahon tarixi


-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

32-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Xitoy
Sin imperiyasi qudratining zaiflashuvi. 
Siz 20-mavzuda 
Sin sulolasining bosqinchilik urushlari olib borganligini 
bilib olgan edingiz.
Topshiriq
Xitoyda Sin sulolasi hukmronligi qachon va qay tariqa 
o ‘matilganligini aniqlang.
Biroq XVIII asr oxirlariga kelganda imperiyaning isti- 
lochilik qudrati zaiflashdi. Iqtisodiy turg‘unlik va mamlakat 
aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning qash- 
shoqlashuvi dehqonlarni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur etdi.
Shu tariqa Xitoy ichki ziddiyatlar iskanjasida qoldi. Hukm- 
ron sulola umri tugayotgan tuzumni butun choralar bilan 
saqlab qolishga urindi. Hukmron tabaqalar siyosatiga qarshi 
har qanday bosh ko‘tarish shafqatsizlik bilan bostirildi. Bu 
davrda Xitoyga Buyuk Britaniya va Fransiya savdogarlarining
119


kirib kelishi kuchaydi. Ularning faol harakatlari Xitoy hu- 
kumatini xavotirga solib qo‘ydi. Chetelliklarning mamlakatga 
ko‘plab kirib kelishining oldini olish maqsadida imperator 
1757-yilda Xitoy bandargohlarini tashqi savdo uchun yopiq 
deb e’lon qildi. Shu tariqa Xitoyni tashqi dunyodan ajratib 
qo‘yish siyosati boshlandi.
Tashqi savdo imperator amaldorlari nazorati ostida faqat 
Guanjou porti orqaligina olib boriladigan bo‘ldi. Xitoyning 
o‘zini-o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati feodal tartiblarining saq- 
lanishiga xizmat qildi. Uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
rivojlanishiga katta zarar yetkazdi. Imperator ma’murlari fan 
va texnika sohasida boshqa xalqlarning yutuqlarini rad etdilar. 
Mamlakat qoloqlik botqog‘iga botib qoldi.
Shunday bir sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Xitoyni 
o‘z savdogarlari uchun ochishga butun choralar bilan urindi. 
Sin imperatorining qaysarligini sindirish uchun unga bir 
bahona kerak edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin