Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Bahodirshoh II. 
sipohilarning Buyuk B ritaniyaga
116


so‘zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi. Mustamlakachilar 
mahalliy aholining milliy his-tuyg‘ularini hisobga olmasdilar.
Oqibatda mana shu yagona uyushgan, sipohilardan iborat 
harbiy kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan no- 
rozilik tobora kuchayib bordi.
Sipohilar qo‘zg‘oloni. 
Sipohilar qo‘zg‘olonining bosh- 
lanishiga bevosita turtki qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan 
miltiqning joriy etilishi bo‘ldi. Yangi patronning usti qalin 
qog‘oz bilan qoplangan bo‘lib, patronni miltiq stvoliga so- 
lishdan oldin po‘stloqni tish bilan yirtib tashlash kerak edi. 
Bu qog‘oz po ‘stloq ustiga esa yog‘ surtilgan edi. Sipohilar 
orasida shu yog‘ sigir va cho‘chqa yog‘ining aralashmasidan 
tayyorlangan, degan gap tarqalib ketdi.
Hinduiylik dinida sigir muqaddas hisoblanadi va uning 
go‘shti iste’mol qilinmaydi. Hind sipohi sigir yog‘i ishlatilgan 
patronni tishi bilan tishlashni o‘z dinining qattiq tahqirlanishi, 
musulmon sipohi esa cho‘chqa yog‘i ishlatilgan patronni tishi 
bilan tishlashni islom dinining ongli ravishda qattiq tah ­
qirlanishi (islomda cho‘chqa go‘shti harom hisoblanadi) deb 
qabul qildilar. Oqibatda ular yangi patronni olishdan bosh 
tortdilar. Oxiri bu hodisa qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Qo‘zg‘olon 1857-yilda boshlandi. Sipohilar tez orada Dehli 
shahrini egalladilar. Shoh saroyiga bostirib kirishib, Boburiy 
hukmdor Bahodirshoh II ni hind xalqini mustamlakachilarga 
qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chorlovchi chaqiriqni imzolashga 
majbur etdilar.
Qo‘zg‘olonning bostirilishi. 
Buyuk Britaniya Hindistonga 
qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuborishga majbur bo‘ldi. Shun- 
dan so‘ng harbiy kuch ustunligi Buyuk Britaniya bosqinchilari 
tomoniga o‘tdi.
Britaniya qo‘shini qo‘zg‘olonchilar egallagan shaharlarni 
qamal qilib, ularni shturm bilan egaladilar. Aholi o‘zini qah- 
ramonona himoya qildi. Janglar ko‘chalarda olib borildi. Mus- 
tamlakachilar to ‘plarni fillarga ortib, Dehliga olib kirdilar va 
bu tadbir jang taqdirini hal qildi.
Qo‘zg‘olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qi- 
lindi. Buyuk Britaniya askarlari xotin-qizlar, bolalar va 
keksalarni ayashmadi. Asir tushganlarni bir joyga to ‘plangan 
olomon oldida to ‘p og‘ziga bog‘lardilar va to ‘pdan o‘q otib, 
parcha-parcha qilib tashlardilar.
117



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin