У ВОВ. ХЕХ ASRNING 70-YIIJARIGACHA
BO‘LGAN DAVRDA OSIYO УА
AI RIKA MAMLAKATLARI
31-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Hindiston
Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi.
Buyuk Bri-
taniya hukmron tabaqalari yangi asrda ham Hindistonni
butunlay o ‘z mustamlakalariga
aylantirish siyosatini da-
vom ettirdilar. Shu maqsadda, hukumat «Hindiston ishlari
bo‘yicha nazorat kengashi» tashkil etdi.
Bu kengash Buyuk
Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining
yo‘nalishlarini belgilab borardi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni
boshqarish to ‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, «Ost-
Indiya» kompaniyasining Kalkutta
shahridagi gubernatori
Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari
general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya
amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma’muriyat
apparatiga aylantirildi.
Hindistonning mustamlakaga aylantirilgan hududlari ma’-
muriy jihatdan general-gubernatorga
itoat etuvchi
guber-
natorlar tomonidan boshqarildi.
Buyuk Britaniya to ‘qimachilik sanoati mahsulotlarining
Hindistonda sotilishi mahalliy to ‘qimachilik hunarmandlarini
xonavayron qildi. Chunki ularning
mahsuloti sifat jihatdan
Buyuk Britaniya tovarlari bilan raqobat qila olmasdi. Oqi-
batda Hindistonning o ‘n minglab to ‘quvchilari ochlikka mah-
kum etildi.
«Ost-Indiya» kompaniyasi katta
h a rb iy k u ch g a ta y a n a r edi. U
hindlarning o ‘zidan
ham yollanma
qo‘shin tuzdi. Bu
qo‘shin askari
sipohi deb atalardi. Qo‘shinga ingliz
zobitlari qo‘mondonlik qilishardi.
Hindistonda faqat shu qo‘shin-
gina hindlarning birdan-bir uyushgan
tashkiloti edi, xolos. K om paniya
Dostları ilə paylaş: