1825-yilda Yuqori Peru Ispaniya zul-
midan uzil-kesil ozod bo‘ldi.
Yuqori Peru S. Bolivar sharafiga Bo-
liviya deb ataldi.
Urugvay 1825-yilda mustaqillik deb
e’lon qilingan bo‘lsa-da, 1828-yilda to ‘la
mustaqillikka erishdi. Shu tariqa, Lotin
Amerikasidagi mustaqillik uchun urush-
lar yakunida Ispaniya zulmi ag‘darib
tashlandi va bir qancha yangi mustaqil
davlatlar barpo etildi.
Ispaniya faqat Kuba va Puerto-Rikoni
o‘z qo‘lida saqlab qola oldi, xolos.
Xose San-M arten.
Braziliyadan tashqari ularning ham-
masida respublika tuzum i o ‘rnatildi. Lotin Amerikasidagi
mustaqillik uchun urushlar mustamlakachilikka qarshi milliy
ozodlik urushi hamda buqua inqiloblari ham edi.
Bu inqiloblarda yerli aholi Ispaniya bilan Portugaliyaning
mustamlakachilik zulmidan ozod bo‘ldi.
Kreollar — Lotin Amerikasiga dastlab k o ‘chib kelgan
ispan va portugallaming avlodlari.
Lotin Amerikasi
—
bu aholisining ко ‘pchiligi so ‘zlasha-
digan til lotin tili negizida tashkil topgan Janubiy va
Markaziy Amerikaga nisbatan q o ‘llaniladigan atama.
Dostları ilə paylaş: