Jahon tarixi


-§. Lotin Amerikasi xalqlarining



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

30-§. Lotin Amerikasi xalqlarining
milliy-ozodlik kurashi
Mustaqillik uchun kurashning boshlanishi. Lotin Ame­
rikasi
m am lakatlari ham on Ispaniya m ustam lakasi 
edilar. Ispaniya hukm ron tabaqalari mustamlakachilik 
zulmini tobora kuchaytirganlar. Chunonchi, Ispaniyadan 
yuborilgan amaldorlar, generallar va boshqa zobitlar mus-
l l l


tamlakalarda katta boylik jam g‘ardilar. Ular 
kreollarga
men- 
simay qarardilar.
Kreollar orasida pomeshchiklar, savdogarlar va rahoniylar 
tabaqalari mavjud edi. Ispaniya am aldorlari kreollarni 
mustamlakalardagi oliy ma’muriy lavozimlarga yo Mat mas, ular 
bilan takabburona muomala qilar edilar. Kreollar Ispaniya 
xazinasiga toManadigan og‘ir soliqlardan, mustamlakachi 
amaldorlarning beboshligidan va Ispaniya ma’murlari mus- 
tam lakalarning boshqa davlatlar bilan savdosini taqiqlab 
qo‘yganligidan aziyat chekkanlar.
M ustam lakachilik zulm i qishloq x o ‘jaligi va savdoni 
yanada rivojlantirish uchun asosiy to ‘siq boMib qoldi. Bu 
om illar Ispaniyaning m ustam lakachilik zulm iga qarshi 
ozodlik harakatini keltirib chiqardi. 
Bu harakatning asosiy
maqsadi — mustaqil davlatlar tuzish edi.
Kreollardan chiqqan 
o ‘qimishli kishilar, pomeshchiklar, ayniqsa, zobitlar orasida 
ozodlik g‘oyalari keng tarqaldi. M ustamlakalarda burjuaziya 
hali zaif edi.
Shu sababli kreollardan chiqqan inqilobchilar ozodlik 
harakatiga boshchilik qildilar. Ozodlik harakatining arboblari 
xalq ommasining — hindular, metis va mulatlardan chiqqan 
dehqonlar bilan hunarmandlarning hamda mustaqillik tufayli 
o ‘z qismatining yengillashuviga umid bogMagan qora tanli 
qullarning ham madadiga tayandi.
Meksikada mustaqillik urushi. 
1810-yilda mustamlakalarda 
ommaviy qo‘zg‘olon boshlandi. Lotin Amerikasi xalqlarining 
ozodlik kurashi jarayonida ko‘pgina ajoyib vatanparvarlar 
yetishib chiqdi.
M igel Idalgo.
Meksika xalqi ozodlik kurashining 
shonli qahram onlari Migel Idalgo va 
Xose Morelosning nomlarini hozir ham 
hurmat bilan eslaydi.
Qishloq ruhoniysi Idalgoni mahalliy 
aholi, ayniqsa, hindular sevar edi. U 
hindularning tillarini bilardi. 1810-yilda 
Idalgo dehqonlarning eng kam bag‘al 
tabaqalariga mansub boMgan hindular 
bilan mulatlarni mustaqillik uchun ku- 
rashga va o‘zlaridan tortib olingan yerlar- 
ni qaytarib olishga chaqirdi. Qo‘zg‘olon
1 1 2


ko‘targan hindu va mulatlardan butun bir qo‘shin tuzildi. 
Idalgo quldorlarga o ‘zlarining hamma qullarini o‘n kunlik 
muddatda ozod qilib yuborishni buyurdi va hindu jamoalari 
mustamlakachi m a’murlarga to ‘lab kelgan o ‘lponni bekor 
qildi.
Biroq, Ispaniya qo‘shini qo‘zg‘olonni bostirdi. Asir olingan 
Idalgo esa otib o ‘ldirildi. Idalgoning eng yaqin safdoshi 
Morelos uning ishini davom ettirdi.
Biroq Ispaniyaning m untazam qo‘shini bu safar ham
qo‘zg‘olonchilardan ustun keldi, Morelos esa otib tashlandi. 
Keyinchalik ozodlik harakatiga rahbarlikni badavlat po- 
meshchiklar qo‘lga oldilar. Meksikada mustaqillik uchun 
kurash davom etdi.
Nihoyat, 1821-yilda Meksika mustaqillikka erishdi. Qullik 
bekor qilindi. 1824-yilda esa Meksika respublika deb e’lon 
qilindi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin