Endi ular doimiy harbiy xizmatda bo‘lish imtiyozidan mah-
rum b o ‘ldilar. Yevropacha nusxadagi yangi q o ‘shinning
shakllantirilishi belgilandi.
Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi. Q o‘shin
Yevropadan sotib olingan zamonaviy qurollar bilan qayta
qurollantirildi. Garchand qo‘shin yevropacha andoza asosida
tuzilgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi yaponcha bo‘lib qolaverdi.
Chunonchi, qurolli kuchlarda xizmat qiluvchilar ongiga o‘z
davlatining manfaatlariga sodiqlik, imperatorga muhabbat va
o‘limni nazar-pisand qilmaslik g‘oyalari toqat bilan singdirildi.
Bu xususiyatlar «yaponcha milliy ruh»ning qirralari, belgilari
deb hisoblandi.
Bundan tashqari, yaponlar ongiga Yaponiyaning quyosh
xudosi Amaterasu xohishiga ko‘ra paydo bodganligi, shuning
uchun ham bu davlat Osmon va Yer kabi abadiy mavjudligi,
imperatorga xudo Amaterasudek mehribonlik xos ekanligi,
uning hech qachon n ohaq b o ‘lishi m um kin em asligi,
imperatorga sodiqlik vatanparvarlikning oliy namunasi ekan
ligi, yaponlarning boshqalardan ustunligi, millatning ulug‘
vazifasi kabi g‘oyalar ham undan-da kam boMmagan toqat
bilan singdirila borildi. Ayni paytda G ‘arb davlatlari siquviga
qarshi turmoq uchun barcha Osiyo davlatlari Yaponiya impe-
ratori hokimiyati ostiga birlashishi lozimligi haqidagi g‘oyalar
ham esdan chiqarilmadi.
Bu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishda ibodatxona,
qo‘shin va maktablarga katta e’tibor berildi. Bu g‘oyalar
kelgusida Yaponiyaning Osiyo qit’asida olib borgan keng
k o ‘lam li b o sq in ch ilik u ru sh larin i m afkuraviy jih a td a n
tayyorlash jarayonida muhim rol o‘ynadi.
Dostları ilə paylaş: