1592—1598-yillardagi Yaponiya tajovuzi. XVI asrda mar-
kazlashgan mamlakatning asta-sekin zaiflashib borayotganligi
shimoliy va janubiy chegaralardagi qo‘shnilarning tajovuzlariga
sabab b o ‘ldi. Ayniqsa, janubda Yaponiya tom onidan xavf
kuchaydi.
1592-yilda Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib
kirdi va koreys qo‘shinlari qarshiligini yengib, dastlab Seulni,
keyinroq esa Pxenyanni egalladi. Mamlakatning katta qismi
yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Ular tinch aholiga
nisbatan shafqatsiz munosabatda boMdilar. Bu vahshiyliklarga
Yaponiyaning Kioto shahridagi «quloqlar qabristoni» isbot
bo‘la oladi. Unga oddirilgan koreyslardan kesib olingan 30
mingta quloq va burun ko‘milgan.
M am lakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi
boshlandi. Bosib olingan hududlarda «Haq ish uchun» xalq
partizan guruhlari tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga
Li Sun Sin qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari
dalda bo‘ldi. 1592-yilning yozida Li Sun Sin floti yapon flotini
tor-m or qildi.
Shu yilning oxirida 50 minglik Xitoy qo‘shinining yor-
damga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini
yengillashtirdi. 1593-yilda Xitoy va Koreyaning birlashgan
qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildilar.
Biroq, 1597-yilning boshlarida yaponlarning yangi hujumi
boshlandi. Koreya endi urushga ancha yaxshi tayyorlangandi.
Koreyslar quruqlikda ham, dengizda ham g‘alabalarga erishdi.
Yaponlar bosqini mamlakatda ulkan ma’naviy va moddiy
yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pgina hududlarda faqat vayron
qilingan shahar va qishloqlarning qoldiqlarigina qolgandi,
xolos. Urush yillarida Koreya poytaxtining aholisi ikki barobar
kamaydi. Vayron qilingan saroylarni qayta qurish uchun
poytaxtga ko‘p minglab dehqonlar quvib kelindi. Haydaladigan
yer maydonlari keskin qisqarib ketdi. Amaldorlar orasida
poraxo‘rlik va jinoyatchilik, xalq orasida esa ocharchilik va
vabo avjiga chiqdi. Mamlakat o‘zini tiklayotgan bir paytda
unga manchjurlarning hujumi boshlandi.