Jahon tarixi


Afg‘on — Buyuk Britaniya urushi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Afg‘on — Buyuk Britaniya urushi. 
Afg‘oniston geografik 
jihatdan muhim strategik mintaqada joylashganligi uchun bu 
davlat hududida Buyuk Britaniya va Rossiya manfaatlari 
to ‘qnashdi.
1838-yilda Buyuk Britaniya Afg‘onistonni o‘z ta’sir doi- 
rasiga olish maqsadida unga hujum qildi. Qisqa vaqt ichida 
Kobul shahrini egalladi. Taxtga Durroniylar sulolasining vakili 
Shuju o ‘tqazildi. Biroq erksevar afg‘on xalqini bo‘ysundirish 
oson emas edi.
1841- 
yilda Kobul aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Bu qo‘z- 
g‘olonda D o‘st Muhammadxonning o‘g‘li Akbarshoh katta 
rol o‘ynadi. Buyuk Britaniya qo‘shini qo‘mondonligi barcha 
harbiy qismlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish to ‘g‘- 
risidagi shartnomani imzolashga majbur bo‘ldi.
1842- 
yilda Buyuk Britaniya qo‘shini Afg‘onistondan chi­
qib ketdi. Shu tariqa birinchi afg‘on — ingliz urushi Buyuk 
Britaniya magdubiyati bilan tugadi. D o‘st Muhammadxonning 
amirlik hokimiyati qayta tiklandi.
135


0 ‘zingizni sinang:
♦ 1747-yilda ... . 
♦ 1826-yilda ... .
♦ 1838—1842-yillar ... .
1842—1870-yillarda xalqaro munosabatlarda Afg‘oniston.
1843-yilda «Ost-Indiya» kompaniyasi Hindistonning Sind vilo- 
yatini ham bo‘ysundirdi. Shu tariqa Britaniya mustamlakalari 
chegarasi Afg‘onistonga tutashdi.
Buyuk Britaniya bilan yangi urushni istamagan D o‘st Mu- 
hammadxon 1855-yilda ingliz — afg‘on do‘stlik shartnomasini 
imzoladi. 1857-yilda Buyuk Britaniya bilan Afg‘oniston o ‘rta- 
sida harbiy shartnoma ham tuzildi. Bu shartnoma Buyuk 
Britaniya uchun Afg‘onistonni vassal davlatga aylantirish 
yodidagi birinchi qadam bo‘ldi.
1863-yilda D o‘st Muhammadxon vafot etgach, uning o‘g‘il- 
lari o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Hindistonda 
bo‘lib o‘tgan sipohilar qo‘zg‘olonidan cho‘chib qolgan Buyuk 
Britaniya Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmasligini bildirdi.
Ikkinchi tomondan, 0 ‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi 
tomonidan istilo qilishning boshlanganligi ham Afg‘oniston 
uchun xalqaro qulay vaziyat yaratdi. Shunday bir sharoitda, 
Buyuk Britaniya Rossiya bilan kelishuv yo‘lini izladi. Ularning 
fikricha, Afg‘oniston bu ikki mustamlakachi davlatlarning 
Osiyodagi mustamlakalarini ajratib turuvchi hudud vazifasini 
o‘tashi kerak edi.
1870-yilga kelganda Afg‘oniston mustamlaka ham, qaram 
davlat ham emas edi. Biroq uning chegaralariga janubi- 
sharqdan Buyuk Britaniya, shimoldan esa Rossiya tobora 
yaqinlashib kelayotgan edi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin