imtiyozlarga ega b o ‘lib oldi. Oqibatda u Eron bozorlarini
o ‘zining yengil sanoati mahsulotlari bilan toddirib tashladi.
Bu esa, o ‘z navbatida, mahalliy dehqonlarni, hunarmand va
savdogarlarni xonavayron qildi. Shu tariqa Eron yirik mus-
tamlakachi Buyuk Britaniyaning sanoat mahsulotlari sotila-
digan bozoriga aylanib qoldi. Bu mamlakatda pulga bodgan
ehtiyojni oshirib yubordi.
Natijada davlat apparatidagi mansablarni sotish va sotib
olish nihoyatda kuchaydi. Viloyat hokimlari, katta-katta yer-
mulk egalari davlat xazinasiga soliq todam ay qo‘ydi. Bu
omillar mamlakat mehnatkash qatlamlari orasida keskin no-
rozilik kelib chiqishiga sabab boddi. Bu esa oxir-oqibat 1848-
yilda qo‘zg‘olon kodarilishiga olib keldi. Bu qo‘zg‘olon tarixga
«Bobiylar qo‘zg‘oloni» nomi bilan kirgan.
Bobiylar qo‘zg‘oloni.
Qo‘zg‘olon shoh tuzumiga, zulmiga
va yer egaligiga qarshi qaratilgan edi. Qo‘zg‘olon ishtirok-
chilari, asosan, hunarmandlar, mayda savdogarlar, shahar
kambag‘allari va shahar atrofida yashovchi dehqonlar edi.
Qo‘zg‘olonda quyi darajadagi ruhoniylar ham qatnashishdi.
Q o‘zg‘olonchilar bobiylik tadim oti tarafdorlari bodgan.
Bu tadim otning asoschisi sayyid Ali M uham m ad bodib,
o ‘ziga Bob («haqiqat va adovat yodiga olib chiquvchi eshik»)
taxallusini qabul qilgan edi. Bobiylik atamasi shu taxallusdan
kelib chiqqan.
Bobiylik ta ’limoti asosida ilohiy xaloskor (mahdiy)ning
kelishi yaqinlashganligi va Bob mahdiyning xohish-irodasi,
ко ‘rsatmalari, yo ‘l-yo ‘riqlarini xalqqa yetkazishga da ’vat
etilganligi haqidagi g ‘oya yotgan.
Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambag‘allardan olinadigan
soliqlarni bekor qilish, yirik yer egaligini tugatish, barcha
m ol-m ulklarni odamlarga teng taqsimlash kabilarni talab
qildilar. Ayni paytda ular mavjud davlat tuzumini ag‘darib
tashlash tarafdorlari ham edilar.
Qo‘zg‘olon 1850-yilning o‘rtalarigacha davom etdi. Elar-
biy jihatdan ustun bodgan shoh qo‘shini Bobiylar qo‘zg‘olonini
bostirdi. Ali Muhammad esa qatl etildi.
Dostları ilə paylaş: