Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

M u s t a q il ish
Eron va Turkiya davlati tuzum larini taqqoslang. U lar tarixining 
o'xshash va farq qiluvchi jihatlarini aniqlang. Ishingiz natijasini jadvalda 
aks ettiring.
139


Qit’adagi holat. 
Aholisining katta qismi negroid irqiga 
mansub bo‘lganligi uchun Afrika qit’asini qora qit’a deb 
ham atashadi.
Afrika xalqlari XIX asrda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraq- 
qiyotning turli bosqichlarida yashaganlar. Chunonchi, Efio- 
piya, Misr, Tunis, Marokash, Sudan va Madagaskar kabi dav- 
latlarda feodal monarxiyalari qaror topgan bo‘Isa, ba’zilarida 
hamon ibtidoiy jamoa tuzumi saqlanib qolgan. Qabilalarning 
turmush tarziga ko‘chmanchilik xos edi. Ularning kichik- 
kichik guruhlari o ‘zlari uchun q at’iy belgilangan hudud 
c h eg arasid ag in a o v ch ilik va te rm a c h ilik b ila n hayot 
kechirishgan. Ular qishloq xo‘jaligini, metallga ishlov berishni 
va metall ish qurollaridan foydalanishni bilishmagan.
G ‘arbiy Afrikadagi Gana va Mali davlatlari eng qadimgi 
davlatlar hisoblanardi. Afrikada qishloq xo‘jaligi taraqqiy etgan 
xalqlar ham yashashardi. Ular, asosan, qahva, yeryong‘oq va 
какао yetishtirardi.
Afrika ning bo‘lib olinishi. 
Bitmas-tuganmas boyliklarga ega 
bo‘lgan Afrika Yevropaning kuchli davlatlari e’tiborini tortmay 
qolmagan. Yevropa davlatlarining bosqinchiligi Afrika xalqlari 
hayotini keskin o ‘zgartirib yubordi. An’anaviy savdo aloqalari 
uzildi. Mahalliy ishlab chiqarish vayron bo‘ldi. Afrikaliklarni 
qullikka sotish XIX asrning o‘rtalarigacha davom etdi. Buning 
natijasi o‘laroq, qit’adan millionlab kishilar sotib yuborildi. 
Portugaliya mustamlakalari bo‘lgan Angola va Mozambik eng 
muhim qul savdosi bazalari edi.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab qit’aning ichkari qismini 
ham mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib 
qit’a hududining 90 foizi mustamlakachilar qoTiga o ‘tdi. 
Faqat ikki davlat — Liberiya va Efiopiyagina o ‘z mustaqilligini 
saqlab qola oldi, xolos.
Liberiya. 
Xo‘sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay 
tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda 
qulchilikka qarshi kurash bilan bogdiqdir. 1816-yilda AQSHda 
erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish 
harakati boshlandi. Natijada, 1821-yilda Gvineya qirg‘oqlarida 
13 ming km2 yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin