taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy g‘ovga aylandi. Aholining ru-
honiylardan boshqa barcha davlat xizmatchilari sultonning
quli hisoblangan. To‘g‘ri, mamlakatda islohotlar o‘tkazishga
urinishlar ham bo‘ldi. Biroq ular
mutaassib din arboblari va
mustamlakachi chetel davlatlarining qarshiligi tufayli amalga
oshmay qolaverdi.
«Sharq masalasi».
XVIII asr oxiriga kelib Yevropaning
kuchli davlatlari Usmoniylar imperiyasining zaiflashib qolgan-
ligidan
foydalanib, uning mustamlaka hududlariga ko‘z olay-
tira boshladilar. Bu hududlar geografik va siyosiy jihatdan
katta ahamiyatga ega,
tabiiy boyliklarga, xomashyolarga boy
o‘lkalar edi.
Buyuk Britaniya, Fransiya,
Avstriya va Rossiya hukmron
doiralarining har biri bu oMkalardan mumkin qadar ko‘proq
o ‘ljani qo‘lga kiritishga intilardilar. Yevropa davlatlarining
Usmoniylar imperiyasiga qaram oMkalarni egallab olish uchun
o ‘zaro kurashi tarixga «Sharq masalasi» degan nom bilan
kirgan. Buyuk Britaniya va Fransiya imperiyani o‘z ta’sirlarida
tutishga urindilar.
Rossiya esa Turkiyaga qaram bo‘lgan
Bolqon yarimorolida
mustahkam o ‘rnashib olishga va Qora dengizning Bosfor
hamda Dardanell b o ‘g‘ozlarini, shuningdek, Istanbul shahrini
qo‘lga kiritishga intilgan.
Avstriya esa Bolqonning Rossiya ta ’sirida
qolishiga aslo
toqat qila olmas edi. Aksincha, uning o ‘zi ham Bolqonda
mustahkam mavqega ega bo‘lib olish uchun intildi.
Dostları ilə paylaş: