www.ziyouz.com kutubxonasi
120
so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va
mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan, nafs bir
narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor:
Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir
etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb
so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga
nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana
shu
shak deya nomlanadi.
Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning
ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan
salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar u aynan shu holatda vafot etsa,
jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi.
Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning
botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz
sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf
etolmaydi. Bu holat
gumon deb ataladi.
Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga g‘olib
bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh
tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi. Chunki agar bu maqom sohibi
yaxshilab o‘ylasa, shubha va
ehtimol larga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu
yaqiynga yaqin
e’tiqod deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan,
u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z
mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga
imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi.
To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy
ma’rifatdir , unda shak
qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va imkoni mahol
sanalsa, bu
yaqiyn deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan
narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim
quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib
tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi
azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham
zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini
tasdiqlashdan tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li
bilan jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha
avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi.
Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi
hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda
hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim
bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki
ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil
bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa, bu hol
bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki
birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning
nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma
aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy