11.7. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar)ni hisobga olish
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va
xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati
bilan bevosita bog’liq emas. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan
olinadigan foyda alohida, zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (daromad) quyidagi: 9510-«Royalti
ko’rinishidagi daromadlar», 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar», 9530-
«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar», 9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar»,
9550 -«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta
baholashdan daromadlar» va 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»
schyotlarda hisobga olinadi.
Bu schyotlar tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu
schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning
ko’payishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va
hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi
milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
50
9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyotida pul mablag’larini
hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning
transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan
foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga
tegishli bo’lgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar»
50
2-сонли «Асосий хўжалик фаолиятидан олинадиган даромадлар»; 6-сонли «Лизинг ҳисоби»; 12-сонли
«Молиявий инвестициялар ҳисоби» БХМС.
423
schyoti. Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag’larini hisobga oladigan
schyotlar debetlanib 4850- schyot kreditlanadi.
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston
Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa
korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha
dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar aks
ettiriladi.
Bunday
daromadlar
hisoblanganda
9520-«Dividendlar
ko’rinishidagi
daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari»-
korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag’laridan foydalanganligi uchun
bank tomonidan o’tkazib berilgan summaga;
4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan
aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan dividendlar
summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga o’tkazib berilsa, 5110-
«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli
investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
4830-«Olinadigan foizlar» schyoti – uzoq muddatli va joriy investitsiyalar
bo’yicha va berilgan kreditlar bo’yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga.
Foizlar summasi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar
debetlanib 4830- schyoti kreditlanadi.
9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyotida valuta schyotlari,
shuningdek xorijiy valuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan
daromadlar hisobga olinadi.
424
Valuta schyotlari va xorijiy valuta muomalalari bo’yicha kurs farqlaridan
daromad olinganda 9540- «Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyoti
kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» - valuta schyotidagi mablag’
bo’yicha ijobiy kurs farqiga;
0610-«Qimmatli qog’ozlar», 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari - uzoq va
qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’yicha xorijiy valutalarning ijobiy kurs farqi
summasiga;
4720- «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – xodimlarga
xorijiy valutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar» - filial va
vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisob–kitoblar bo’yicha valuta kursining
ijobiy farqi summasiga;
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz
bo’yicha valuta kursi”ning ijobiy farqi summasiga.
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli
ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan
rasmiylashtiriladi:
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-
t 6230-«Boshqa muddati o’zaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq
muddatli ijaradan daromadlar».
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan
daromad summasiga; D-t 7290- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan
daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotida
qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan olingan
daromadlar hisobga olinadi.
425
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning
nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli
qog’ozlar» va 5810 «Qimmatli qog’ozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli
qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
9590- «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotida
yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks
ettiriladi.
Masalan, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar auksionida auksion
muvafaqqiyatli o’tkazilgandan so’ng garov summasi qoldirilsa 0610-«Qimmatli
qog’ozlar» schyoti debetlanib, 9590-«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa
daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari yakuniy
moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt 9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar,
Kt-9910 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar – bu alohida guruhga ajralib turadigan
xarajatlar bo’lib ular korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq emas.
Mazkur modda bo’yicha korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar aks ettiriladi.
Korxonaning moliyaviy faoliyati deganda quyidagilar tushiniladi: kredit
resurslarini jalb etish va berish; qimmatli qog’ozlar bilan olib boriladigan
operatsiyalar; valutalar bilan olib boriladigan operatsiyalar; asosiy vositalarni
uzoq muddatli ijaraga berish va olish.
Shunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
1) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob
stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli
kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar
bo’yicha to’lovlar.
426
Shuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan
olingan kreditlar bo’yicha har qanday foiz to’lovlari korxona tomonidan o’zining
xarajatlari tarkibida hisobga oladi.
15 oktabr 2003 yilda O’z R.V.M. tomonidan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi
to’g’risidagi Nizomga asosan faqat to’lov muddati o’tgan va kechiktirilgan
ssudalar bo’yicha foizlar, shuningdek bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning
bergan uzoq muddatli kreditlari bo’yicha to’lanadigan foizlar xarajatlar tarkibi
to’g’risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan (1.44;1.45) soliqqa tortiladi.
2) Mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish bo’yicha to’lanadigan foiz
xarajatlari.
3) Kurslardagi salbiy farqlar va xorijiy valuta operatsiyalari bo’yicha zararlar.
4) Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hakozalarga
qo’yilgan) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar.
5) O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar:
aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar. Bularga
blankalarni xarid qilish, qimmatli qog’ozlarni tarqatgani uchun bankka
to’lanadigan komissiya summasi va b.
6) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Korxonalarning moliyaviy faoliyati bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi axborot
9600-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar»
bo’yicha ochilgan quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi: 9610-«Foizlar
ko’rinidagi xarajatlar»; 9620-«Valutalar kurslari farqlaridan zararlar»; 9630-
«Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar»; 9690-
«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» schyotlari.
Yuqorida keltirilgan schyotlar tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga masubdir
va ular debet saldosiga ega bo’lmaydi. Debet aylanmasi hisobot davrida
xo’jalikning moliyaviy faoliyatidan sodir bo’lgan xarajatlarni ko’rsatadi. Hisobot
427
davri oxirida ushbu debetida yig’oilgan jami xarajatlar 9910- «Yakuniy moliyaviy
natija» schyotining debeti bilan korrespondentlangan holda hisobdan chiqariladi.
Bank kreditlari, mol yuboruvchilardan qarzlar, shuningdek uzoq muddatli
ijara va boshqalar bo’yicha foizlar to’lash uchun hisoblanganda 9610- «Foizlar
ko’rinidagi xarajatlar» schyoti debetlanib 6920- «Hisoblangan foizlar» schyoti
kreditlanadi. Ushbu foizlar summagi hisob-kitob schyotidan o’tkazib berilsa,
6920-schyoti debetlanib 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Salbiy kurslar farqlari va balansning valuta moddalari bo’yicha
operatsiyalardan ko’rilgan zararlar 9620-«Valutalar kurslari farqlaridan zararlar»
schyotining debetida aks ettiriladi.
Хorijiy valutalardagi operatsiyalar bo’yicha salbiy kurslar farqi, shu jumladan
buxgalteriya balansini tuzish sanasiga bo’lgan qarzlarni qaytadan baholashdan
vujudga kelgan farqi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar, olishga tegishli
schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar, majburiyatlar va boshqalarni hisobga
oluvchilarning krediti bilan korrespondentlangan holda 9620-«Valutalar kurslari
farqlaridan zararlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar
majburiyatlar va pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlarning krediti bilan
korrespondentlangan holda 9630-«Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish
bo’yicha xarajatlar» schyotining debetida aks ettiriladi.
Yuqoridagi xarajat moddalariga kirmaydigan xo’jalikning moliyaviy
faoliyatidan ko’rilgan boshqa xarajatlar 9690- «Moliyaviy faoliyat bo’yicha
boshqa xarajatlar» schyotining debetida hisobga olinadi.
Ҳisobot davrining oxirida korxonaning moliyaviy faoliyati bo’yicha 9610,
9620, 9630 va 9690-schyotlarning debetida yiYoilgan xarajatlar hisobdan
chiqarilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: D-t 9910-«Yakuniy
moliyaviy natija», K-t 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlari.
Dostları ilə paylaş: |