429
natsionalizatsiya qilish, ma’lum bir faoliyatni taqiqlash va boshqalar natijasidagi
yo’qotishlar.
Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi
va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi.
Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va
o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi.
Favqulodda foyda va zararlarni alohida ajratib hisobga olishdan maqsad
hisobot davri ichida korxona faoliyati natijasini obyektiv aks ettirishdir.
Favqulodda voqealar sodir bo’lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar
quyidagi schyotlarda hisobga olinadi: 9710-«Favquloddagi foydalar» va 9720-
«Favquloddagi zararlar» schyoti. Bular tranzit schyotlar bo’lib 9710-passiv, 9720-
aktiv schyotlariga mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710-«Favquloddagi
foydalar» schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo’lgan zarar
summasiga esa 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti debetlanib turli schyotlar
kreditlanadi. Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida
yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: favqulodda voqealardan olingan foyda
summasiga- Dt 9710-«Favquloddagi foydalar», Kt 9910- «Yakuniy moliyaviy
natija» schyoti.
Favqulodda voqealardan sodir bo’lgan zarar summasiga- Dt 9910-«Yakuniy
moliyaviy natija», Kt 9720-«Favquloddagi zararlar» schyoti.
Dostları ilə paylaş: