436
Hisobot rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi va korxonaning
xo’jalik faoliyati natijalari, mulkiy va moliyaviy holati to’g’risidagi yillik
buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lib matbulotda e’lon
etilishi mumkin. E’lon qilingan hisobotning to’g’riligi
mustaqil auditorlik
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi.
Korxonaning
yillik
buxgalteriya
hisoboti
tegishli
tashkilotlarga
topshirilishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va
tasdiqlanadi. Qonunga muvofiq yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish
nazarda tutilgan:
1- «Korxona balansi»;
2- «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»;
3- «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»;
4- «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
5- «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
Ushbu hisobotlarga qo’shimcha holda «Debitorlik va kreditorlik qarzlari
to’g’risida ma’lumot» ham topshiriladi.
52
Shuningdek, hisobot shakllariga izohlar,
hisob – kitoblar va tushuntirishlar ilova qilinadi.
Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot
beradi, chunki mulkning qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha
eskirishini chiqarib tashlab ko’rsatiladi: asosiy vositalar,
nomoddiy aktivlar va
boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida taqsimlanmagan
foyda hajmiga qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida
balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib qolgan: dastlabki qiymat va ularning
eskirishi, olingan foyda.
Shu’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan
korxonalar
konsolidallashgan moliyaviy hisobot tuzadi. Shu’ba korxonalarga qo’yilgan
52
Ўз.Р. молия вазирлигининг 140-сонли буйруғи 2002 йил 27 декабрдаги
437
qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari
sifatida aks ettiriladi.
Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturoviy
bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsning konsolidallashgan hisobotiga
albatta qo’shiladi.
Konsolidallashgan hisobotga bosh korxonaning
moliyaviy hisoboti ilova
qilinadi. Konsolidallashgan hisobot 8 –sonli milliy standartga binoan tuziladi.
53
Lekin vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma
moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi:
buxgalteriya balansi (1-shakl);
moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
asosiy vositalar harakati to’g’risida hisobot (3-shakl);
pul oqimlari to’g’risida hisobot (4-shakl);
xususiy kapital to’g’risida hisobot (5-shakl);
debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo’lgan
yillik moliyaviy hisobot topshiradi:
a) buxgalteriya balansi (1-shakl);
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-shakl);
ye) debitor va kreditor qarzlari to’g’risida ma’lumot (2-a-shakli).
Хo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi.
Ochiq tipdagi aksioner jamiyatlar, sug’urta kompaniyalar, banklar, fond va
tovar
birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda
keltirilgan ma’lumotlar to’g’riligini auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so’ng,
53
Консолидаллашган ҳисобот 8 –сонли миллий стандартга
438
yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha
albatta matbuotda e’lon qilinishi kerak.
Хo’jalik yurituvchi subyekt tugatilganda tugatish bo’yicha moliyaviy hisobot
tuzadi. Korxonani tugatilishi bo’yicha muomalalarning buxgalteriya hisobi,
tugatish balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini
aniqlash ishlari tugatish
komissiyasiga yuklatiladi. Shubhasizsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga
qo’shilmaydi.
Тugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan
foizlar bilan birga aks ettiriladi. Korxona balansining aktiv va majburiyat
moddalari sinchiklab o’tkazilgan inventarizatsiya bilan asoslanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: