Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – xo’jalik yurituvchi subyektning nol
darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati.
Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech
qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko’rilmaydi.
Zararsizlikning tahlili – subyekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini
aniqlashga yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar
va foydalarning o’zaro qaramligiga asoslangan tahlil.
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni
sotib olish va ularni saqlash bilan bog’liq xarajatlar.
Zaxiralarni baholash – tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor
mahsulot va ТMZ tannarxini hisoblash.
Zaxiralarga bo’lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni so-tib olish,
saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog’liq xarajat, sarf va zararlarning
yig’indisi.
Zaxira sig’imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv
xarajatlari. Ushbu xarajatlar ТMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish
tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxiga qo’shilmaydi.
Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo’shimcha mahsulot guruhini
ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo’shimcha xarajatlar va
daromadlar .
Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subyektning ayrim faoliyat turi,
mahsulot turi bo’limi, bozor manzili va hokazo.
460
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning