Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan bir-lik mahsulotga
tegishli qo’shimcha xarajatlar va daromadlar.
Marjinal daromad – “ Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot
va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo’llashda ushbu mahsulotni sotishdan
olingan daromadning summasidan o’zgaruvchan xarajatlarni qo’shgan holda
hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.
Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va
ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o’zgaruvchan xarajatlarning
farqiga asoslangan tenglik usulining turi.
Mahsulotning marjinalligi – olingan daromad (baho) nisbatan foiz
ko’rinishidagi bir birlik mahsulotga to’g’ri keladigan marjinal daromadning
jarajasi.
Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan
tegishli subyektning tarkibiy bo’linmalari.
Me’yorlashtirish – ishlab
chiqarish
resurslaridan
foydalanishning
samaradorligini
ta’minlashga
yo’naltirilgan
muqobil
me’yorlar
va
me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni.
Me’yorlashtirilgan to’g’ri mehnat xarajatlari – me’yorlashtirilgan mehnat
vaqtini birlik mahsulot miqdoriga ko’paytirish natijasida olingan miqdor. Ushbu
miqdor me’yor darajasiga ko’paytirish yo’li bilan ham topiladi. Ushbu to’g’ri
xarajatlar mahsulotlarning aniq bir turini ishlab chiqarish natijasida ruyobga
chiqadi va uning tannarxiga to’g’ridanto’g’ri qo’shiladi.
Me’yoriy xarajatlar – bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan
holda va subyektning kelgusidagi faoliyatiga yo’naltiradigan xarajatlarning ilmiy
asoslangan darajasi.
Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari – hisobot davri mobaynida
ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga
462
to’g’ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda
aniqlanadigan ko’rsatkich.