2.2.Balansning tuzilishi va uning moddalari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24 yanvarda
ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27
dekabrdan 140-sonli buyrug’i bilan moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari
tasdiqlangan. Quyida ushbu tasdiqlangan balans shaklini keltiramiz
Ko’rsatkichlar nomi
Satr
kodi
Hisobot
yili
Hisobot
yili oxiriga
Aktiv
74
boshiga
I. Uzoq muddatli aktivlar
Asosiy vositalar:
Boshlang’ich (qayta tikpash) qiymati (0100,
0300)
010
Amortizatsiya (0200)
011
Qoldiq qiymat (010 - 011)
012
Nomoddiy aktivlar:
Boshlang’ich qiymati (0400)
020
Amortizatsiya summasi (0500)
021
Qoldiq qiymat (020-021)
022
Uzoq muddatli investitsiyalar, jami (satr.
040+050 +060+070+080), shu jumladan:
030
Qimmatli qog’ozlar (0610)
040
Sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar
(0620)
050
Qaram
xo’jalikjamiyatlariga investitsiyalar
(0630)
060
Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga
investitsiyalar (0640)
070
Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar (0690)
080
O’rnatiladigan asbob-uskunalar (0700)
090
Kapital ko’yilmalar (0800)
100
Uzoq
muddatli
debitorlik
qarzlari
(0910,0920,0930,0940)
110
shundan: muddati o’tgan
111
Uzoq
muddatli
kechiktirilgan
xarajatlar 120
75
(0950,0960,0990)
I bo’lim bo’yicha jami
(satr. 012+022+030+090+100+110+120)
130
II. Joriy aktivlar
Тovar-moddiy
zaxirapari,
jami
(satr.
150+160+170+180), shu jumladan:
140
Ishlab chiqarish zaxiralari (1000, 1100, 1500,
1600)
150
Тugaplanmagan ishlab chiqarish
(2000, 2100, 2300, 2700)
160
Тayyor mahsulot (2800)
170
Тovarlar (2900 dan 2980 ning ayirmasi)
180
Kelgusidavr sarflari (3100)
190
Kechiktirilgan xarajatlar (3200)
200
Debitorlar, jami (satr. 220+230+240+250+260
+270+280+290+300+310)
210
shundan: muddati o’tgan
211
Хaridor va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan
4900 ning ayirmasi)
220
Ajratilgan bo’linmalarning qarzi (4110)
230
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarning qarzi
(4120)
240
Хodimlarga berilgan bo’naklar (4200)
250
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
berilgan bo’naklar (4300)
260
Budjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak
to’lovlari (4400)
270
76
Maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar
bo’yicha bo’nak to’lovlari (4500)
280
Тa’sirchilarning ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha qarzi (4600)
290
Хodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha
qarzi (4700)
300
Boshqa debitorlik qarzlari (4800)
310
Pul mablag’lari, jami (satr. 330+340+350+360),
shu jumladan:
320
Kassadagi pul mablag’lari (5000)
330
Hisoblashish
schyotidagi pul mablag’lari
(5100)
340
Chet el valutasidagi pul mablag’lari (5200)
350
Boshqa pul mablag’lari va ekvivalentlari
(5500,5600,5700)
360
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)
370
Boshqa joriy aktivlar (5900)
380
II bo’lim bo’yicha jami
(satr. 140+190+200+210 +320+370+380)
390
Balans aktivi bo’yicha jami (satr. 130+390)
400
Ko’rsatkichlar nomi
Satr
kodi
Hisobot
yili
boshiga
Hisobot
yili oxiriga
P a s s i v
I. O’z mablag’lari manbalari
Ustav kapitali (8300)
410
Qo’shilgan kapital (8400)
420
77
Zaxira kapitali (8500)
430
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)
440
Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
450
Maqsadli tushumlar (8800)
460
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari uchun
zaxiralar (8900)
470
1 bo’lim bo’yicha jami
(satr. 410+420+430-440+450 +460+470)
480
II. Majburiyatlar
Uzoq muddatli majburiyatlar, jami
(satr.
500+510
+520+540+550+560+570+580+590)
490
Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik
qarzlari (satr. 500+520+540+560+590)
491
Shundan: muddati o’tgan uzoq muddatli
kreditorlik qarzlari
492
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
uzoq muddatli qarz (7000)
500
Ajratilgan bo’linmalarga uzoq muddatli qarz
(7110)
510
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga uzoq
muddatli qarz (7120)
520
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
(7210, 7220, 7130)
530
Soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq
muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240)
540
Boshqa
uzoq
muddatli
kechiktirilgan 550
78
majburiyatlar (7250, 7290)
Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo’naklar (7300)
560
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810)
570
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840)
580
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar
(7900)
590
Joriy
majburiyatlar,
jami
(satr.
610+630+640+650
+660+670+680+690+700+710+720+730+740+
750+760)
600
Shu jumladan: joriy kreditorlik qarzlari (satr.
610+630+650+670+680+690+700+710+720+7
60)
601
Shundan: muddati o’tgan joriy kreditorlik
qarzlari
602
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
qarz (6000)
610
Ajratilgan bo’linmalarga qarz (6110)
620
Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarga qarz
(6120)
630
Kechiktirilgan daromadlar (6210, 6220, 6230) 640
Soliq
va
majburiy
to’lovlar
bo’yicha
kechiktirilgan majburiyatlar (6240)
650
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar (6250,
6290)
660
Olingan bo’naklar (6300)
670
79
Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (6400)
680
Sug’urtalar bo’yicha qarz (6510)
690
Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar
bo’yicha qarz (6520
700
Тa’sischilarga bo’lgan qarzlar (6600)
710
Mehnatga haq bo’lash bo’yicha qarz (6700)
720
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810)
730
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840)
740
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi
(6950)
750
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari
6900)
760
II bo’lim bo’yicha jami (satr. 490+600)
770
Balans passivi bo’yicha jami (satr. 480+770)
780
Balans aktivida mazkur korxona ixtiyoridagi mablag’lar turi va ularning
ma’lum davrda aylanishidagi joylanishi keltiriladi. Masalan, aktivning birinchi
moddasida dastlabki qiymatda berilgan «Nomoddiy aktivlar» korxona ixtiyoridagi
sezilarsiz aktivlarning qiymatini tavsiflaydi. Navbatdagi «Amortizatsiya» moddasi
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati qanchaga kamayganini ko’rsatadi.
«Qoldiq qiymat» moddasi nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasini ayirib
tashlangandan keyingi qolgan qiymatini aks ettiradi.
«Asosiy vositalar» dastlabki qiymat moddasida korxona ixtiyoridagi mehnat
vositalarining qiymatini ko’rsatadi. Shuningdek, qayta tiklash qiymati - eskirish va
asosiy vositalarning qoldiq qiymati va hokazolarni aks ettiradi. «Ishlab chiqarish
zaxiralari» moddasi korxona ixtiyoridagi «Хom-ashyo va materiallar»,
«Yordamchi materiallar», «Yoqilg’i» va ombordagi boshqa ishlab chiqarish
80
zaxiralarining qiymatini umumiy summada aks ettiradi. «Тugallanmagan ishlab
chiqarish» moddasi korxonaning har xil sexlarida tayyorlanishi hali oxirigacha
yetkazilmagan buyumlarga qilingan sarflar summalarini aks ettiradi. «Тayyor
mahsulot» - bu mazkur korxonada tayyorlangan va sotish uchun mo’ljallangan
buyumlardir. «Kassa» va «Hisob-kitob schyoti» moddalarida muayyan davrda
korxona ixtiyoridagi pul mablag’larining summasi ko’rsatiladi. «Mol yetkazib
beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklao». «Boshqa debitoolik qarzlari»
va hokazo moddalarida esa boshqa xo’jalik yuritish subyektlarning ushbu
korxonaga undan sotib olingan mahsulot uchun («Хaridorlar») va boshqa
operatsiyalar bo’yicha («Boshqa debitorlar») qarzlari aks ettiriladi.
Ko’rinib turibdiki, aktiv moddalari juda aniq bo’lib, ularning mazmuni ko’p
tushuntirishlarni talab qilmaydi. Passiv moddalari esa boshqachadir. Bu
moddalardan ba’zilarining mohiyatini ularning qanday maqsadga tayinlanishiga
qarab aniqlab olish doim ham oson bo’lavermaydi. Passivdagi har bir moddaning
mazmunini aniq ko’z oldiga keltirish uchun passiv umuman nimani aks ettirishini
yaxshi bilib olish lozim. Yuqorida aytilganidek, passiv aktivda ko’rsatilgan
korxona mablag’larining manbaini aks ettiradi.
Passivning birinchi moddasi ustav kapitalidir. Uning summasi korxonaning
yaratilish paytida shakllantirilgan mablag’lar miqdoridan iborat. Bunda
korxonaning o’z mablag’larining umumiy summasi ko’rsatiladi va bu manbadan
berilgan mablag’larning o’zi balans aktivining moddalarida aniq gavdalantirilgan
bo’ladi.
«Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasida korxonaning
faoliyat ko’rsatishi boshidan boshlab hisobot davrigacha bo’lgan vaqt ichida
jamg’arilgan foyda summasini aks ettiradi.
«Uzoq muddatli kreditlar» moddasida korxonaning bankka bo’lgan uzoq
muddatli qarzi aks ettiriladi. Bu moddada ko’rsatilgan summa korxona tomonidan
olingan uzoq muddatli bank kreditini aks ettirib, belgilangan davrda qaytarilishi
81
kerak. Mazkur modda korxona ixtiyorida hozircha bo’lgan pul mablag’larining
miqdorini ko’rsatadi, deb o’ylash noto’g’ri bo’ladi, chunki bank tomonidan kredit
ko’rinishida beriladigan pul mablag’lari odatda korxonaning hisob-kitob schyotiga
yozib qo’yiladi yoki mol yetkazib beruvchilardan bo’lgan qarzni uzish uchun
o’tkaziladi. Demak, bu mablag’ balansning boshqa moddalarida aks ettiriladi.
«Kreditorlar» moddasining «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar»
qatorida keltirilgan summa korxonaning mol yetkazib beruvchilardan sotib-
olingan har xil moddiy boyliklari uchun qarzini ko’rsatadi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarzlar» moddasida korxonaning ishchilar va
xizmatchilariga hisoblangan ish haqiga doir majburiyatlari aks ettiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, bu modda korxona tomonidan ishchi va
xizmatchilarning bajargan ishlari uchun to’lanishi kerak bo’lgan ish xaqi summasi
qancha ekanligini ko’rsatadi.
«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi korxonaning budjet oldidagi
undan undiriladigan har xil soliqpar va ajratmalarni to’lash bo’yicha
majburiyatlarining summasini, ya’ni moliya tashkilotlariga bo’lgan qarzning
miqdorini aks ettiradi. Тo’lanishi lozim bo’lgan summa aniqlanganidan keyin,
korxona o’z balansining passivida shu modda bo’yicha uning summasini
ko’rsatadi. Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:
1. Тuzish vaqtiga qarab: kirish balansi; joriy (davriy) balans; tugatish balansi;
ajralish balansi; qo’shilish balansi; sanatsiya balansi.
2. Тuzish manbalariga qarab: inventar balanslari. Faqat inventar vositalari
asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar
mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo’jaliklar o’z
shaklini o’zgartirganda talab qilinadi; daftar balansi - inventarizatsiya o’tkazish
yo’li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi;
bosh balans - hisob va inventarizatsiya ma’lumotlariga asosan tuziladi.
3. Axborot hajmi bo’yicha: yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks
82
ettiradi; yig’ma balans - barcha korxonalar mablag’larining umumiy holatini aks
ettiruvchi summalarni mexanik qo’shish yo’li bilan tuziladi; konsolidallashgan
balans.
4. Faoliyat xarakteri bo’yicha: asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat
turi va ustaviga to’g’ri keladigan balans; asosiy bo’lmagan balans - korxonaning
boshqa faoliyat turlari bo’yicha tuziladigan balans.
5. Mulk shakli bo’yicha: davlat korxonalari balansi; aksioner jamiyatlari
balansi; munitsipal balansi; qo’shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar
balansi.
6. Aks ettirish obyekti bo’yicha: huquqiy shaxs bo’lgan korxonaning
mustaqil balansi; alohida balans.
7. Тozalanish usuli bo’yicha: brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi
moddalarni o’z ichiga oluvchi balans; netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi
moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans. Bizning Respublikamizda netto-
balansi qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |