112
xarajatlariga o’tkaziladi. Basharti safar xarajatlari ishlab chiqarish jarayoniga
o’tkazilsa, mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga hamda boshqaruv
xodimlarining safar xarajatlari esa – davr xarajatlariga o’tkaziladi.
14
Korxona rahbarining qarori bilan istisno shaklida qonunchilikda nazarda
tutilgan me’g’ridan ortiq qilingan safar xarajatlari soliqqa tortiladigan bazani
ko’paytiradi. Belgilangan vazifa bajarilgandan so’ng
uch kun ichida hisobdor
shaxs qilingan xarajatlar to’g’risida avans hisoboti topshirishi shart. Qilingan
xarajatlarni isbotlovchi, tasdiqlovchi hujjatlarni va safar guvohnomasini avans
hisobotiga ilova qiladi.
Safarning maqsadli tayinlanishga qarab sex, bo’lim boshliqlari qilingan
xarajatlarni maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. Avans hisoboti tuzilib summasi
aniqlangandan so’ng avans hisoboti korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanadi va
tegishli buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Foydalanilmay qolgan
summa avans hisoboti topshirgan kuni hisobdor shaxs tomonidan kassaga kirim
orderi bilan topshiriladi, ortiqcha qilingan xarajat summasi kassadan chiqim orderi
bilan beriladi.
Hisobdor shaxsga berilgan summa maqsadli xarakterga ega bo’lib, birovga
berish yoki buyurish taqiqlanadi. Oldingi berilgan avans bo’yicha qarzi bo’lmagan
holdagina yangi avans beriladi. Basharti belgilangan muddatda avans hisoboti
topshirilmasa yoki foydalanilmagan summa kassaga qaytarib topshirilmasa,
qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya bu qarzni hisoblangan ish haqidan
ushlab qolishi mumkin. Shuni ham bilish kerakki, belgilangan me’yordan ortiqcha
qilingan sutkalik xarajati hisobdor shaxsning ish haqisiga qo’shib daromad
solig’iga tortiladi. Sutkalik xarajatlar shuningdek turar joy ijara xarajatlari me’g’ri
eng kam ish haqi miqdoridan koeffitsiyentda belgilanadi.
Хizmat safari xarajatlari oldindan ma’lum bo’lgan hollarda, korxona rahbari
isbotlovchi hujjatlar topshirmasdan safar xarajatlarini to’lashga
ruxsat berish
14
«Харажатлар таркиби тўғрисида»ги Низомнинг 1.5.2 ва 2.2.12.- моддалари.
113
huquqiga ega. Bunda safar xarajatlari summasining raschyoti, korxona rahbari va
safarga borayotgan xodim tomonidan imzolanib, korxona buxgalteriyasida
saqlanadi. Safardan qaytgandan so’ng talabga muvofiq rasmiylashtirilgan safar
guvohnomasi buxgalteriyaga topshiriladi, qilingan xarajatlar summasi to’g’risida
hisobot topshirilmaydi.
Safar muddati korxona rahbarining buyrug’i bilan aniqlanadi, safarda bo’lgan
haqiqiy vaqti esa – safar guvohnomasidagi imzolar va muhr bilan tasdiqlangan
tartibda safar joyiga kelgan va ketgan kuni to’g’risidagi belgi bilan aniqlanadi.
Bunda safarga ketgan va safardan kelgan kunlari to’liq kun hisoblanadi.
Korxonada safarga ketgan va kelgan shaxslarni ro’yxatga olish jurnali
yuritiladi. Barcha hisobdor summa operatsiyalari korxona buxgalteriyasida 4220 -
«Хizmat safarlari uchun berilgan bo’naklar» schyotlarida hisobga olinadi. Bu aktiv
schyot bo’lib, debet qoldig’i hisobdor shaxsining korxonadan bo’lgan
qarzini
ko’rsatadi. Bu schyotning debetiga kassa chiqim orderiga asosan yangi avans
summasi berilganda, kreditga esa – avans hisobotiga asosan sarflangan va kirim
kassa orderiga asosan qaytarib topshirilgan foydalanilmagan summa yoziladi.
Hisobdor shaxslar oldindan olingan bo’nak summasidan ortiqcha xarajat
qilgan bo’lsa, hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan ortiqcha qilingan xarajatlar
summasiga 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu
ortiqcha qilingan xarajat summasi hisobdor shaxsga qaytarilganda 6970
schyoti
debetlanib, 5010 «Milliy valutadagi pul mablag’lari» schyoti kreditlanadi. Ushbu
jurnal-order kombinlashgan registr bo’lib, bir qatorga yozish yo’li bilan sintetik va
analitik hisobni o’zida mujassamlashtirgan. Bunda har bir hisobdor shaxsga
berilgan summa uchun jurnal-orderda bir qator ochilib, unga hisobdor shaxsning
avans hisoboti bo’yicha sarflangan xarajat, qaytarib topshirilgan foydalanilmagan
summa yozib boriladi. Bunda 7- jurnal-order shaklidan foydalaniladi.
Arifmetik va ma’naviy jihatdan tekshirilgan va korxona rahbari tomonidan
tasdiqlangan avans hisobotlarini buxgalter, hujjatlarga bog’lanuvchi schyotlarni
114
qo’ygan holda, ishlab chiqadi. 7 – jurnal-orderga yozish uchun asos bo’lib
hisobdor shaxsga berilgan avans summasi bo’yicha –
kassa chiqim orderi,
sarflangan summa bo’yicha tasdiqlangan avans hisoboti, qaytarib topshirilgan
summa bo’yicha – kirim kassa orderi, ortiqcha qilingan xarajatlar summasini
qaytarish bo’yicha – kassa chiqim orderi hisoblanadi. Ushbu jurnal orderning
shakli yangi schyotlar rejasi talabiga to’liq javob bermaydi. U qaytadan ishlab
chiqilishi kerak.
Agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyati bilan shug’illansa,
xorijiy safar
bo’yicha xarajatlarni hisobga olish zaruriyati tug’iladi. Хorijiy safar xarajatlari
uchun pul O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan
me’yor bo’yicha to’lanadi. Хorijiy valutada qilingan safar xarajatlari maqsadli
tayinlanishiga qarab 4220 schyotidan mahsulot (ish va xizmat) lar tannarxiga
(2010-schyot) yoki davr xarajatlariga (9400-schyot) yoki xorijdan sotib olingan
asbob-uskunalarga (0720-schyot), materiallarga (1000-schyot), tovarlarga (2910-
schyot) o’tkaziladi. Schyotlarga xarajatlar xorijiy valuta va so’m ekvivalentida
yoziladi. Ҳisobdor shaxslarda qolgan valuta ham qaytadan baholanib natija 9620
yoki 9540 - schyotlarga o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: