5.8. Nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi uchun ularning
dastlabki qiymat asos bo’lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ana shu qiymat
bo’yicha qabul qilinadi.
Dastlabki qiymat — nomoddiy aktivlarni tashkil etish (ishlab chiqish) yoki
sotib olish, to’langan va soliqlarga to’lanmaydiganlarni qo’shgan holda to’langan
xarajatlar, shuningdek, uni vazifasi bo’yicha foydalanish uchun aktivni ish
holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarning qiymati.
Qoldiq qiymat — moliyaviy hisobotda aks etadigan nomoddiy aktivning
dastlabki qiymati va amortizatsiya tufayli to’plangan summa o’rtasidagi farq
sifatida belgilangan hajmi.
Тo’lash uchun olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati quyidag’ i
xarajatlardan shakllanishi mumkin:
a) egalik huquqiga ega shaxsga shartnomaga muvofiq yon berishga
huquqidan to’langan summa;
b) ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari, patent bojlari va egalik qilish
huquqiga ega shaxsning qat’iy huquqiga yon berish bilan bog’liq bo’lgan
o’tkazilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
v) bojxona bojlari va yig’imlar;
202
g) nomoddiy aktivlarning sotib olish bilan bog’liq soliqlar, yig’imlar va
to’lovlar;
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborotlar va maslahat
xizmatlari uchun to’lanadigan summa;
ye) nomoddiy aktivlarni sotib olishda ishtirok etgan vositachilarga to’langan
haq;
j) nomoddiy aktivlarni yetkazib berish tavakkalchiligining sug’urtasi bo’yicha
xarajatlar;
z) aktivlardan vazifasi bo’yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish
bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to’lash, tayyorgarlik ko’rish,
ro’yxatga olish va sotib olish bo’yicha shartnomalarni yopish bilan bog’liq
xarajatlar, aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shilmaydi, balki o’sha hisobot
davrida ular vujudga kelgan xarajatlar deb e’tirof etilishi kerak.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga to’lash paytida, agar shartnoma shartlarida
uzaytirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, aniq xarajatlar
buxgalteriya hisobiga kredit orlik qarzining dastlab etyrof etilgan summasi
bo’yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz ko’rinishidagi xarajatlarga to’liq yoki
qarz kapitali hisobiga qisman to’lab sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki
qiymati qo’shilmaydi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) kompyuter dasturiga qat’iy huquqning dastlabki qiymatiga: Dt 0830 -
«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish", Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va
pudratchilarga to’lov schyoti" schyoti.
b) vositachi uchun sarflash summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni
xarid qilish", Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti.
203
v) yetkazib beruvchi va vositachi oldidagi qarzni undirish: Dt 6010 - «Mol
yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lov schyoti", Dt 6990 - «Boshqa
majburiyatlar" , Kt «Pul mablag’lari» schyoti.
g) bitim to’lovi bo’yicha bank xizmati xarajatlari summasiga: Dt 9430 -
«Boshqa operatsiyalar xarajati", Kt «Pul mablag’lari» schyoti.
d) komputer dasturi taminotidan foydalanishga o’tkazish: Dt «Nomoddiy
aktivlar», Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Chet el valutasida sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan tegishli xarajatlarni qo’shgan
holda yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanadagi O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki kursi bo’yicha chet el valutasini hisoblash yo’li bilan so’mda
belgilanadi.
Misol. "Intellektual" MChJ O’zbekistonda doimiy vakolatxonasiga ega
bo’lmagan chet el firmasidan O’zbekiston Respublikasi hududida komputer
dasturini ko’paytirish va tarqatishga maxsus huquq oladi. Olingan maxsus
huquqning qiymati 1000 AQSh dollarini tashkil etadi va bir yo’la to’lov bilan
amalga oshiriladi. Shartnoma shartlari bo’yicha nomoddiy aktivga egalik huquqi
2005 yil 1 mayda xaridorga o’tadi, to’lov esa 2005 yil 30 - maygacha amalga
oshirilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSh dollariga
belgilangan kurs:
nomoddiy aktivning yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan sanada — 1100
so’m (1 AQSh dollari);
nomoddiy aktiv bo’yicha qarzning to’lovi sanasida - 1115 so’m (1 AQSh
dollari)ni tashkil etdi.
Nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi:
204
a) nomoddiy aktivlar obyektlarini yuk bojxona deklaratsiyasi to’ldirilgan
sanada Markaziy bank kursi bo’yicha kirimni qayd: Dt 0830
-
«Nomoddiy
aktivlarni sotib olish", Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lov
schyoti" schyoti.
b) Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shiladigan QQS
summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6410 - «Budjetga
to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlar bo’yicha)" schyoti.
v) yetkazib beruvchi oldidagi qarzni undirishda: Dt 9620 - «Valuta kurslari
farqlaridan zarar" schyoti, Kt 6010 - «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to’lov schyoti" schyoti, Kt 5200 –“Chet el valutasida pul mablag’lari» schyoti.
Korxonalarning o’zi tomonidan yaratilgan (tayyorlangan) nomoddiy
aktivlarning
dastlabki
qiymati
ilmiy-tadqiqot
va
tajriba-konstruktorlik
ishlanmalariga aniq sarflangan summa sifatida belgilanadi.
24
Aktivlarni nomodliy sifatnla buxgalteriya hisobiga qabul qilishda bir yo’la
quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) moddiy- mulkiy (jismoniy) mazmun (shakl)larning bo’lmasligi;
b) o’lchamlilik va ma’nolilik;
v) ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish yoxud korxonani uzoq muddat
davomida, ya’ni 12 oydan ko’proq vaqt agar u foydali xizmat 12 oydan ko’proq
muddatdan ortiq davrda oddiy operatsiya jarayonida boshqarish ehtiyoji va boshqa
maqsadlarni bajarish paytida mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishligi;
g) mazkur mulkni keyinchalik olib sotish niyatning yo’qligi;
d) ishonchlilik, yani intellektual faoliyat natijasida korxonada qat’iy huquqni
va aktivning mavjudligini tasdiqlovchi tuzilgan zarur hujjatlarning mavjudligi;
e) korxonaning boshqa mol-mulkdan identifikatsiyalash imkoniyati, ya’ni u
foydalaniladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati bo’lishligi.
24
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 591сон билан рўйхатдан ўтказилган "Илмий-
тадқиқот ва тажриба-конструкторлик ишларига сарфлар" БҲМС. 1998 йил 28 декабр.
205
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish davrida ularni ishlab chiqish uchun
olingan kreditlar bo’yicha o’tkazilgan foizlar ishlab chiqarilgan nomoddiy
aktivlarning dastlabki qiymatiga qo’shiladi.
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi:
a) ishlanmalar mualliflariga ish haqi hisoblandi: Dt 0830 - «Nomoddiy
aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6710 - «Ish haqi bo’yicha xodimlarga haq
to’lash" schyoti.
b) ish haqi fondidan 24 % miqdorida yagona ijtimoiy to’lov hisoblandi: Dt
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6520 - «Davlat maqsadli
fondiga to’lovlar" schyoti.
v) ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar bo’yicha eskirish qo’shib
yozildi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 0200 –“Asosiy
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyot”.
g) ishlanmalarni tegishli davlat organlarida ro’yxatdan o’tkazish bilan bog’liq
xarajatlarni aks ettirish: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt
«Тurli kreditorlar qarzini hisobga oluvchi» schyot.
d) intellektual faoliyat natijasida mutlaq huquqlarning dastlabki qiymati
bo’yicha kirimni qayd etish; Dt 0400 - “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi»
schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobida olingan nomoddiy aktivlarning
dastlabki qiymati, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha
nazarda tutilmagan bo’lsa, ularning korxona ta’sischilari bilan kelishilgan pul
bahosiga asosan belgilanadi.
Mazkur xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks
ettiriladi
a) Тa’sischilari qarori bilan jamiyat ustaviga kiritilgan o’zgartishlar ro’yxatga
olish organlarida ro’yxatga olingan kunda ustav kapitalini oshirish: Dt 4610 -
206
«Тa’sischilarning ustav kapitaliga kiritmalari bo’yicha qarzi" schyoti, Kt 8300 –
«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyot.
b) ta’sischining ustav kapitaliga badal bo’yicha qarzi unga tegishli nomoddiy
aktivni o’tkazish yo’li bilan qoplandi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish"
schyoti, Kt 4610 - «Тa’sischilarning ustav kapitaliga ulushi bo’yicha qarzi"
schyoti.
v) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlarni
hisob oluvchi» schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti.
Korxona tomonidan boshqa shaxslardan beg’araz va davlat subsidiyasi
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati joriy qiymat
bo’yicha aniqlanadi va bu qiymat nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun faol
bozorni, jumladan, ularni olishga bog’liq tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda
aniqlangan taqdirda to’g’ri hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun
faol bozor bo’lmasa, ularning boshlang’ich qiymati nominal qiymat yoki ularni
tashkil etishdagi haqiqiy sarf summasi bo’yicha, shuningdek, nomoddiy aktivni
maqsadli foydalanishga tayyor holatga keltirish bilan bog’liq sarflar bo’yicha
belgilanadi.
Тekinga olingan nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi: Dt
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 8530 -
«Тekinga olingan mulk" schyoti.
b) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlar»
schyoti, Kt 0830 “Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Qonun hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga
almashtirib olingan nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymati berilgan nomoddiy
aktivning qoldiq qiymatiga teng.
Nomoddiy aktivlar qo’shimcha haq to’lab almashtirilganda, bir xil nomoddiy
aktivlarni almashtirish hisobiga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich
qiymati berilgan nomoddiy aktivlarning almashtirish paytida o’tkazilgan pul
207
mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko’paytirilgan qoldiq
qiymatiga teng.
O’xshash bo’lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo’li bilan olingan
nomoddiy aktivning boshlang’ich qiymati, qonun hujjatlarida ko’rsatilganidek,
berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng bo’ladi.
Nomoddiy aktivlar qo’shimcha haq to’lab almashtirilganda, bir xil bo’lmagan
nomoddiy aktivlarga almashtirib sotib olingan nomoddiy aktivlarning
boshlang’ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning almashtirish paytida
o’tkazilgan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko’paytirilgan
joriy qiymatiga teng.
Qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda pulsiz vositalar bilan majburiyat
bajarilishini nazarda tutgan shartnoma bo’yicha olingan nomoddiy aktivlarning
boshlang’ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo’lgan
qimmatli buyumlarning joriy qiymati tushuniladi. Korxona tomonidan berilgan
yoki berilishi lozim bo’lgan qimmatli buyumlarning joriy qiymatini korxona
shunga o’xshash boyliklarning hozirgi qiymatini taqqoslaganda paydo bo’ladigan
narxdan kelib chiqib belgilaydi.
Korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo’lgan qimmatli
buyumlarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati bo’lmasa, pulsiz vositalar bilan
majburiyatni bajarishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo’yicha korxona
tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati o’xshash holatlarda shu kabi
nomoddiy aktivlar sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Umumiy summaga sotib olingan nomoddiy aktivlardan har birining
boshlang’ich qiymati bu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga
proporsional tarzda teng taqsimlash yo’li bilan belgilanadi.
Korxonalarda qonun hujjatlarida o’rnatilgan tartibda nomoddiy aktivlarni
ayirboshlash yo’li bilan sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks
etiriladi:
208
a) qo’shimcha haq to’lamasdan almashtirish yo’li bilan olingan nomoddiy
aktivlar obektini uning qoldiq qiymati yoki o’xshash bo’lmagan nomoddiy
aktivlarning joriy qiymati bo’yicha kirim qilishda: Dt «Nomoddiy
aktivlar»
schyotining turi bo’yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi"
schyoti.
b) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti bilan qo’shimcha haq to’lab
ayirboshlash tariqasida olingan nomoddiy aktivlarning obyektini kirim daftarida
qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar» turi bo’yicha schyoti -o’tkazilgan
nomoddiy aktivning qoldiq qiymati, Dt «Pul mablag’lari yoki ularning
ekvivalenti» schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti
o’tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq yoki hozirgi qiymati bo’yicha; Kt 6990 -
«Boshqa majburiyatlar" schyoti ayirboshlash paytida to’langan pul mablag’lari
yoki ularning ekvivalenti summasiga.
v) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlarini olish bilan ayirboshlangan
nomoddiy aktivlar obyektini kirim daftarida qayd etishda: Dt «Nomoddiy aktivlar»
aktivning turi bo’yicha schyoti - berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy)
qiymati va almashtirishda olingan pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti
summasi o’rtasidagi tafovut summasiga, Dt
4890 - «Boshqa debitorlarning
qarzi" schyoti ayirboshlash paytida olingan pul mablag’lari yoki ularning
ekvivalentlari summasiga, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti
berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati.
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich
qiymati 7-sonli BHMS ko’rsatilganlardan tashqari hollarda o’zgartirilishi mumkin
emas.
25
25
Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1485-сон билан рўйхатга олинган 7-сонли
"Номоддий активлар" БҲМС. 2005 йил 27 июн
209
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to’plangan
amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang’ich
qiymati bo’yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo’yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo’llanilgan uslub
dastlabki e’tirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda
aks ettirilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari
tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan nomoddiy aktivlar
tarkibiga kiritilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish
uchun zarur bo’lgan boshlang’ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo’qligi
sababli amaliyotda ko’pincha nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib
ketishi noto’g’ri rasmiylashtiriladi. Shuning uchun qonunning 9-moddasi va
boshqa me’yoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar
bo’yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug’iladi.
26
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan
bog’liq barcha operatsiyalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish
bo’yicha majburiyat yuklangan doimiy harakatdagi komissiya ishtirokida amalga
oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa varianti muayyan
nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo’yicha alohida buyruq chiqarish bilan
bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |