212
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo’lgan uning balans
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko’payishi: Dt «Nomoddiy aktivlar»
schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga
balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo’yicha avvalgi qayta baholashdagi ko’payishdan
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining
ko’payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti,
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 -
«Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan
Gudvill summasiga ega bo’lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash
natijalari bo’yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi
tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo’yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Dostları ilə paylaş: