305
o’rtasidagi farqni, me’yorlarga nisbatan xarajatlarning hulqini aniqlaydi.
Nazoratning asosiy prinsipi bog’liqlik bo’ladi: material - jonli mehnat - ustama
sarflar.
Bunday maqsadlarda xarajatlarning nazorat koeffitsiyentini
hisoblashning
oddiy ko’rinishidan foydalaniladi:
Тo’g’ri yoki o’zgaruvchan (olib borilgan-olib borilmagan) ustama sarflari
Asosiy materiallar Jonli mehnat sarflari (birlamchi xarajatlar)
Mahsulot tannarxini o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilishning
boshqa muhim momenti bo’lib kalkulatsiyani hajm va daromadning muqobil
nisbatini hisoblash uchun ma’lumotni shakllantiruvchi
ishlab chiqarishning
zararsizlik tahlili bilan aloqasi hisoblanadi.
O’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish prinsipi tanlovining
ustunliklariga uning buyumlarga narx o’rnatishda to’g’ridan-to’g’ri ta’sirini,
biznesning turli segmentlarining ishlab chiqaruvchanligini rag’batlantirishni
kiritish lozim.
Direkt-kosting tizimi boshqaruv tizimining takomillashuviga muvofiq
rivojlanadi. Rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qayishqoqligi
direkt-kosting tizimiga budjetalr (smetalar)
va topshiriqlarni, ulardan foydalanish
tahlilini kiritishni talab qildi. Zamonaviy direkt-kosting tizimining xususiyati
bo’lib standartlarni nafaqat o’zgaruvchan xarajatlar bo’yicha,
balki doimiy
xarajatlar bo’yicha ham, qisman doimiy ustama sarflarning o’zgaruvchan qismi
bo’yicha ishlatish hisoblanadi. Standart direkt-kosting- bu subyektning yakuniy
maqsadi- sof foyda olishga erishish vositasidir.
Dostları ilə paylaş: