PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 77 Psixologiya laboratoriyasi ochildi. Keyinchalik pedagogika institutlarida
psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi.
XX asrning 2-yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib
chiqdi. Hozirgi davrda psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B.
Qodirov, Gʻ. Shoumarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov,
R.Sunnatovalar psixologiyaning umumiy psixologiya, pedagogik va yosh
psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga
oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU,
SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida
yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning
tarmogʻi tobora kengayib bormoqda. Ayniqsa hozirgi kunda insonlar psixolog
maslaxatiga ko‘p muhtoj bo‘layotganligi sababli psixologik markazlar o‘z
faoliyatini shahar, viloyat va qishloqlarda markazlar tashkil qilib olib
borishmoqda.[5]
Psixologiyaning insonlarga ta’siri turli xil oilaviy kelishmovchiliklar,
insonlarni jamiyatda o‘rnini topa olmayotganligi, dipressiyaga berilish, xayotdan
xafalik, insonlarni bir-birini tushunmasligida yordamga keladi. Inson avvalambor,
xayot darsini o‘rganishi, o‘zini yaqinlarini sevishni o‘rganishi lozim deb o‘ylayman.
Dunyoda turfa xil harakterdagi insonlar yashaydi ular bilan muloqotga kirishish va
yangi tanishlar orttirish uchun siz insonlar psixologiyasi haqida qisqacha
ma‘lumotga ega bo‘lishingiz zarur. Psixologiya insonlarga
ta’lim-tarbiya ishlarini
takomillashtirishga yordam beradi. Moddiy ne‘matlar ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo
muloqotni to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik iqlim yaratishga, uzoq
umr ko‘rish sirlarini ochishga , oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga
ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Psixologiya orqali insonlarga ta‘sir
qilish bunga misol qilib xayotiy vaziyatlarni keltirishimiz mumkin: misol uchun xafa
g‘amnok insonni qalbiga yo‘l topish, dardiga malham bo‘lish, ko‘nglini ko‘tarib