PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-6, Issue-1, March-2022 74 psixologiya mavjud deb o‘ylayman.
Psixologiya fani fan sifatida shakllanishidan
boshlab insonlarda psixologiya faniga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bordi.
Psixologiya tibbiyot fani bilan ham uzviy bog‘liqligini olimlar ham tasdiqlashgan.
Misol uchun inson juda qattiq tushkunlik (dipressiya) holatiga tushganida uning
organizmida o‘zgarishlar paydo bo‘la boshlaydi, agarda shu tushkunlikdan inson
chiqib keta olmasa tanasi turli xil kasaliklar bilan og‘rishni boshlaydi. Dipressiya
holatida odam aurasiga yovuz kuchlar bemalol kirib keladi. Dipressiyaning yakuni
bu o‘z joniga qasd qilishdir.[3] Dipressiyada beriladigan tabletka va ukollar ong osti
soyalarini yanada pastga itaradi. Natijada ong osti qatlamlari yanada qalinlashadi.
Dipressiya davolanmaydi, aksincha uning avj olishiga sharoit tug‘iladi.
Bu esa kayfiyatning butunlay tushib ketishi va ijobiy hissiyotlarning yo‘qolishiga
sabab bo‘ladi. Bundan keyin kishida yashashga bo‘lgan qiziqish so‘nadi. Agar odam
yashashni hohlamasa, ozini yo‘qotish mexanizmi ishga tushib ketadi. Bunday
odamda tuzalishi qiyin bo‘lgan kasalliklar boshlanib ketishi mumkin. Dunyo tarixi
davomida psixologiya nima ekanligini, inson tafakkuri va hulq-atvorining asoslarini
o‘rganishga harakat qilgan ko‘plab buyuk shaxslar bo‘lgan. Bulardan Vilgelm
Vundt- eksperimental psixologiyani kashf etgan olim.Vundning tadqiqot faoliyati
unga eksperemental psixologiyani ochishga imkon berdi. Taniqli asoschi ruhiy
holatni o‘rganish uchun oddiy fiziologiyaga asoslangan metodologiyani yaratdi. U
ongning barcha hususiyatlari odam ilgari olgan tajribaga, mentalitet va
fiziologiyaning o‘ziga xos hususiyatlariga asoslangan deb hisoblangan.
Vund psixologiya faniga qo‘shgan asosiy hissasi shundaki, 1879-yilda birinchi
laboratoriya ochilib, uning devorlarida inson psixologik hatti-harakatlarini
eksperemental o‘rganish amalga oshirildi. Yana mashhur psixologiyaga o‘z
hissasini qo‘shgan olimlardan biri bu
Zigmund Freydir . U psixoanalizga asos
solgan. Freyd psixologik buzuqlikka olib keladigan har qanday muammoning ildizi
shaxs xayotida, bolaligida, ota-onasining munosabatida yoki jinsiy tarbiyasida
bo‘ladi deb hisoblardi. Ko‘pgina ahloqiy potologiyalarni bunday reaksiyasiga olib
keladigan manbani topish orqali hal qilish mumkin.