151
bo‘yicha tarkiblangandan so‘ng, ularni o‘zaro taqqoslash asosida balans likvidligi
holatiga baho berish mumkin. Balans likvidligini baholash tartibi iqtisodchi olimlar
A.V.Vahobov,
A.T.Ibrohimov
va
N.F.Ishonqulov
45
,
M.Q.Pardaev
46
va
M.Yu.Raximovlar
47
asarlarida atroflicha yoritilgan. Ularning tavsiyalariga ko‘ra
balans likvidligi quyidagi farqlanishlarni tahlil qilib o‘rgangan holda, uning
holatiga baho beriladi (6.15-jadval).
6.15-jadval
Buxgalteriya balansi likvidlik holati bo‘yicha tarkiblanishi
Likvidlik holati
Farqlanishdagi o‘zgarishlar
Mutloq likvid balans
A1>=P1
A2>=P2
A3>=P3
A4<=P4
Likvid balans
A1
A2>=P2
A3>=P3
A4<=P4
Nolikvid balans
A1
A2
A3>=P3
A4<=P4
Nochorlik holatidagi balans
A1
A2
A3
A4<=P4
Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilib o‘rganganda, birinchi navbatda,
buxgalteriya balansining likvidlik holati yuqoridagi
kabi tarkiblangan holatda
o‘rganilishi va shundan so‘ng uning to‘lov qobiliyati darajasi tahlil qilinishi lozim.
Chunki, yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, to‘lov qobiliyati bilan likvidlik bir-
biridan farqlanadi. Ya’ni, to‘lov qobiliyati muddati kelgan qarzlarni to‘lash
imkoniyati borligini ko‘rsasa, likvidlik ularni to‘lash uchun mablag‘lar
mavjudligini ko‘rsatadi.
Nazariy hisob-kitoblarimizning amaliy isbotini quyidagi “Sharq”
fermer
xo‘jaligi buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalangan holda keltirib o‘tamiz.
Birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi mablag‘larining likvidligini tahlil qilgan holda
qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligini o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.16-jadval).
6.16-jadvalda buxgalteriya balansi aktiv
va passiv qismi moddalari
tarkiblangan bo‘lib, ularni o‘zaro taqqoslash asosida fermer xo‘jaligi
mablag‘larining likvidligiga baho berish mumkin.
45
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: –T.: “Sharq”, 2005. – 224 b
46
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil. Sam ISI – 2007. -50 b. www/ziyonet/uz
47
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -302 b.