Likvidlik
deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning
to‘lov muddati kelgan majburiyatlarni to‘lash uchun mablag‘lar mavjudligi
tushuniladi.
Likvidlikni baholashda balans aktiv va passiv qismi moddalari odatda to‘lov
muddatlari bo‘yicha quyidagicha tarkiblanadi (6.14-jadval).
6.14-jadval
Balans moddalarining to‘lov muddatlari bo‘yicha tarkiblanishi
Ko‘rsatkichlar Aktiv moddalari
Muddati
Ko‘rsatkichlar
Passiv
moddalari
Muddati
Eng likvid
aktivlar (A1)
Pul mablag‘lari
va qisqa
muddatli
investisiyalar
2 oygacha
To‘lov muddati
kelgan
majburiyatlar
(P1)
Joriy
kreditorlik
qarzlari
2 oygacha
Tez likvid
bo‘ladigan
aktivlar (A2)
Debitorlik
qarzlari
2 oydan
6 oygacha
Qisqa muddatli
majburiyatlar
(P2)
Qisqa
muddatli
kreditlar va
qarzlar
2 oydan
6 oygacha
Sekin likvid
bo‘ladigan
aktivlar (A3)
Tovar moddiy
zaxiralar
6 oydan
1 yilgacha
Uzoq muddatli
majburiyatlar
(P3)
Uzoq
muddatli
kredit va
qarzlar
6 oydan
1 yilgacha
Qiyin likvid
bo‘ladigan
aktivlar (A4)
Uzoq muddatli
aktivlar
1 yildan
ortiq
Doimiy
passivlar (P4)
O‘z
mablag‘lari
manbalari
1 yildan
ortiq
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismi moddalarini to‘lov muddatlari
151
bo‘yicha tarkiblangandan so‘ng, ularni o‘zaro taqqoslash asosida balans likvidligi
holatiga baho berish mumkin. Balans likvidligini baholash tartibi iqtisodchi olimlar
A.V.Vahobov,
A.T.Ibrohimov
va
N.F.Ishonqulov
45
,
M.Q.Pardaev
46
va
M.Yu.Raximovlar
47
asarlarida atroflicha yoritilgan. Ularning tavsiyalariga ko‘ra
balans likvidligi quyidagi farqlanishlarni tahlil qilib o‘rgangan holda, uning
holatiga baho beriladi (6.15-jadval).
6.15-jadval
Buxgalteriya balansi likvidlik holati bo‘yicha tarkiblanishi
Likvidlik holati
Farqlanishdagi o‘zgarishlar
Mutloq likvid balans
A1>=P1
A2>=P2
A3>=P3
A4<=P4
Likvid balans
A1
A2>=P2
A3>=P3
A4<=P4
Nolikvid balans
A1
A2
A3>=P3
A4<=P4
Nochorlik holatidagi balans
A1
A2
A3
A4<=P4
Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilib o‘rganganda, birinchi navbatda,
buxgalteriya balansining likvidlik holati yuqoridagi kabi tarkiblangan holatda
o‘rganilishi va shundan so‘ng uning to‘lov qobiliyati darajasi tahlil qilinishi lozim.
Chunki, yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, to‘lov qobiliyati bilan likvidlik bir-
biridan farqlanadi. Ya’ni, to‘lov qobiliyati muddati kelgan qarzlarni to‘lash
imkoniyati borligini ko‘rsasa, likvidlik ularni to‘lash uchun mablag‘lar
mavjudligini ko‘rsatadi.
Nazariy hisob-kitoblarimizning amaliy isbotini quyidagi “Sharq” fermer
xo‘jaligi buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalangan holda keltirib o‘tamiz.
Birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi mablag‘larining likvidligini tahlil qilgan holda
qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligini o‘rganganimizda quyidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.16-jadval).
6.16-jadvalda buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismi moddalari
tarkiblangan bo‘lib, ularni o‘zaro taqqoslash asosida fermer xo‘jaligi
mablag‘larining likvidligiga baho berish mumkin.
45
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: –T.: “Sharq”, 2005. – 224 b
46
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil. Sam ISI – 2007. -50 b. www/ziyonet/uz
47
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -302 b.
|