R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

 
6.20-jadval 
To‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
To‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
Mutloq to‘lov qobiliyati 
koeffitsiyenti 
Oraliq to‘lov qobiliyati 
koeffitsiyenti 
Joriy to‘lov qobiliyati 
koeffitsiyenti 
 
K
m
= (PM+QI) / JM 
Bunda: 
PM 
– 
pul 
mablag‘lari, QI – qisqa 
muddatli investisiyalar, JM – 
joriy majburiyatlar 
 
K
o
= (PM+QI+DQ) / JM 
Bunda: DQ – debitorlik 
qarzlari 
 
K
j
= (PM+QI+DQ+TMZ) / JM 
Bunda: TMZ – tovar-moddiy 
zaxiralar 
Yuqoridagi to‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer 
xo‘jaligi buxgalteriya balansi ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda 


159 
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.21-jadval). 
6.21-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligida to‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan
yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Mutloq to‘lov qobiliyati 
0,90 
2,43 
+1,53 

Oraliq to‘lov qobiliyati 
1,84 
3,53 
+1,69 

Joriy to‘lov qobiliyati 
2,80 
4,71 
+1,91 
6.21-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi o‘tgan 
yilda mutloq to‘lov qobiliyatiga (0,90 koeffitsiyent) ega bo‘lmagan, biroq hisobot 
yilida u mutloq to‘lov qobiliyatiga (2,43 koeffitsiyent) ega hisoblanadi. Ya’ni, 
fermer xo‘jaligining mutloq to‘lov qobiliyati darajasi o‘tgan yilga nisbatan 1,53 
koeffitsiyentga ko‘tarilgan. Bunday natija fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat 
hisoblanadi. 
Fermer 
xo‘jaligida boshqa to‘lov qobiliyatini ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarni ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin. 
Shunday qilib, “Sharq” fermer xo‘jaligini hisobot yilida mutloq to‘lov 
qobiliyatiga ega xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida baholash mumkin. Chunki, bu 
ko‘rsatkich fermer xo‘jaligida hisobot yilida 2,43 koeffitsiyentni tashkil qilgan. Bu 
ko‘rsatkich fermer xo‘jaligida 1 so‘mlik to‘lov qarzlarini qoplash uchun 2,43 so‘m 
pul mablag‘lari mavjud ekanligidan dalolat beradi. 
Xulosa qilib aytganda, korxonaning to‘lov qobiliyatini tahlil qilib 
o‘rganishda uning holatiga yuqoridagi kabi baho berilishi, uning moliyaviy ahvoli 
to‘g‘risida aniq xulosalar shakllantirish va zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish 
imkonini beradi. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin