R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.23-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi aylanma mablag‘lari aylanishining tahlili 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan
yil 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+,-) 



4=3-2 
1. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan 
sof tushum, ming so‘mda 
653350 
683292 
+29942 
2. Aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik qiymati
ming so‘mda 
26190 
26584 
+394 
3. Aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti 
(1/2) 
24,946 
25,703 
+0,757 
4. Aylanma mablag‘larning aylanish davri, kun 
hisobida 
14,43 
14,01 
-0,42 
5. Aylanish salmog‘i koeffitsiyenti (2/1) 
0,040 
0,039 
-0,001 
6. Aylanishni tezlashishi yoki sekinlashishidan 
mablag‘larning bo‘shaganligi (-) yoki qo‘shimcha 
(+) jalb qilinganligi: 
- kun hisobida 
- summada, ming so‘mda 




-0,42 
797,2 
 
6.23-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida joriy 
yilda mahsulotlarni sotishdan olingan sof tushum miqdori 29942 ming so‘mga 
ko‘paygan. Bunga mos ravishda aylanma mablag‘larning qiymati ham 394 ming 
so‘mga ortgan. Bularning natijasida aylanma mablag‘larning aylanish 
koeffitsiyenti o‘tgan yilgi 24,946 koeffitsiyentdan hisobot yiliga kelib 25,703 
koeffitsiyentga ko‘tarilgan. Aylanish davri esa, o‘tgan yilga nisbatan 0,42 kunga 
qisqargan. Fermer xo‘jaligining aylanma mablag‘lari aylanishining tezlashishi 
natijasida xo‘jalik oborotidan mablag‘larning bo‘shashi 797,2 ming so‘mni tashkil 
etgan. Bunday ko‘rsatkichlarni fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat sifatida 
baholash mumkin. 
 
 


162 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Korxona moliyaviy holati tahlilining maqsadi nima va uning asosiy vazifalarini 
ayting? 
2. Korxona moliyaviy holati tahlilining axborot manbalarini aytib bering? 
3. Buxgalteriya balansi tuzilishini tushuntiring? 
4. Buxgalteriya balansining tarkibi va tuzilishi qanday tahlil qilinadi? 
5. Korxona moliyaviy barqarorligi deganda nimani tushunasiz va u qanday tahlil 
qilinadi? 
6. Korxona moliyaviy barqarorligini ifodalovchi qanday ko‘rsatkichlar bor? 
7. Korxona balansi likvidligi deganda nimani tushunasiz va u qanday tahlil 
qilinadi? 
8. Korxonaning to‘lov qobiliyati deganda nimani tushunasiz va u qanday tahlil 
qilib o‘rganiladi? 
9. To‘lov qobiliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibini 
tushuntirib bering? 
10. Aylanma mablag‘lar aylanishining tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar va 
ularni aniqlash tartibini tushuntiring?

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin