R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/307
tarix26.09.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#148944
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.19-jadval 
«Sharq» fermer xo‘jaligi to‘lov qobiliyatining tahlili
To‘lov mablag‘lari 
Hisobot yili 
oxiriga 
summasi, 
ming so‘m 
To‘lov qarzlari 
Hisobot 
yili oxiriga 
summasi, 
ming so‘m 
1. 
Pul 
mablag‘lari, ya’ni 
kassadagi va hisob raqamidagi 
pul mablag‘lari 
54377 
1. Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga 
to‘lanadigan 
schyotlar (qarzlar) 
4657 
2. Tovar-moddiy zaxiralar 
26584 
2. Olingan bo‘naklar 
4945 
3. Debitorlik qarzlari 
24685 
3. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarzlar 
4614 
4. Maqsadli davlat jamg‘arma-
lariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar 
3890 
5. 
Mehnatga 
haq 
to‘lash 
bo‘yicha qarzlar 
3395 
6. Boshqa kreditorlik qarzlari 
905 
Jami to‘lash uchun 
mablag‘lar 
105646 
Jami to‘lov qarzlari 
22406 
Jami to‘lash uchun 
mablag‘lardan to‘lov 
qarzlarining ko‘pligi 
Jami to‘lov qarzlaridan jami 
to‘lash uchun mablag‘larning 
ko‘pligi (ortiqchaligi) 
83240 
Balans 
105646 
Balans 
105646 
 
6.19-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi 
hisobot davrida to‘lov qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ya’ni, fermer xo‘jaligining 
jami to‘lov mablag‘lari 105646 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, jami to‘lov 
qarzlari esa 22406 ming so‘mni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinadiki, fermer 
xo‘jaligida to‘lov qarzlariga nisbatan to‘lov mablag‘lari 83240 ming so‘mga ko‘p 
bo‘lgan. Bu esa, fermer xo‘jaligining mutloq to‘lov qobiliyatiga ega ekanligidan 
dalolat beradi. 
Fermer xo‘jaligining to‘lash uchun mablag‘lar tarkibiga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, pul mablag‘lari 54377 ming so‘mni, tovar-moddiy zaxiralar 26584 ming 
so‘mni va debitorlik qarzlari 24685 ming so‘mni tashkil etgan. Shu bilan birga
to‘lov qarzlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, uning asosini mol yetkazib beruvchi 
va pudratchilarga to‘lanadigan qarzlar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar, 


158 
olingan bo‘naklar va boshqa shu kabi majburiyatlar tashkil qilmoqda. Bu shundan 
dalolat beradiki, fermer xo‘jaligi ushbu qarzlarni qisqa muddatlarda to‘lab berish 
lozim. Shu bois, fermer xo‘jaligi rahbariyati mavjud qarzlarni qisqa muddatlarda 
to‘lab berish choralarini ko‘rishi kerak. Aks holda, bu fermer xo‘jaligiga nisbatan 
qo‘shimcha jarima va penyalar hisoblanishiga olib keladi. Bunday moliyaviy 
sanksiyalarning fermer xo‘jaligiga nisbatan qo‘llanilishi uning to‘lov qobiliyatiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Korxonaning 
to‘lov 
qobiliyatini 
baholashda 
odatda 
quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
-
mutloq to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti. Mutloq to‘lov qobiliyati 
ko‘rsatkichi xo‘jalik subyektining joriy aktivlarida harakatchan aktivlarning to‘lov 
qarzlarini qoplashiga yetarliligi yoki yetishmasliligini aniqlaydi; 
-
oraliq to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti. Oraliq to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi 
joriy aktivlarda harakatchan va tez pulga aylanadigan aktivlarni to‘lov qarzlarini 
qoplashga yetarliligi yoki yetishmasliligini aniqlaydi; 
-
joriy to‘lov qobiliyati koeffitsiyenti. Joriy to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi 
esa joriy aktivlarda barcha aylanma aktivlarning to‘lov qarzlarini to‘lashga 
yetarliligi yoki yetishmasliligini aniqlaydi. 
Mazkur 
ko‘rsatkichlar 
va 
ularni 
aniqlash 
tartibi 
quyidagi
6.20-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin