160
qarzlari, pul va valyuta mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar
harakatini tahlil qilib
o‘rganish lozim. Shu boisdan, korxonaning aylanma mablag‘lari aylanishi va uning
o‘zgarishining korxona moliyaviy holatiga ta’sirini tahlil qilib o‘rganish korxona
moliyaviy holati tahlilida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi
tushuniladi. Agarda korxonada aylanma mablag‘lar aylanishi tezlashgan bo‘lsa, bu
uning ma’lum bir qismi tejalganini va qo‘shimcha foyda olinganligini anglatadi.
Aksincha, aylanma mablag‘lar aylanishi sekinlashgan bo‘lsa,
bu aylanma
mablag‘lar yetishmasligini va xo‘jalik faoliyatni davom ettirish uchun tashqi
manbalardan foydalanib, aylanma mablag‘larini to‘ldirish lozimligini bildiradi.
Odatda
aylanma
mablag‘lar
aylanishining
tahlilida
quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
-
aylanma mablag‘lar aylanish koeffitsiyenti;
-
aylanma mablag‘lar aylanish davri;
-
aylanma mablag‘lar aylanish salmog‘i koeffitsiyenti.
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibini quyidagi jadvalda keltirib
o‘tamiz (6.22-jadval).
6.22-jadval
Aylanma mablag‘lar aylanishining tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar
va ularni aniqlash tartibi
№
Ko‘rsatkichlar
Aniqlash tartibi
Izoh
1
Aylanma mablag‘lar
aylanish koeffitsiyenti
K
a
= SST / UAM
Bunda: SST – mahsulot (ish, xizmat)lar
sotishdan
sof tushum, UAM – aylanma
mablag‘lar o‘rtacha yillik qiymati
2
Aylanma mablag‘lar
aylanish davri
K
d
= UAM × D / SST
Bunda: D –
hisobot davridagi kunlar
soni
3
Aylanma mablag‘lar
aylanish salmog‘i
koeffitsiyenti
K
s
= UAM / SST
-
6.22-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, aylanma mablag‘lar aylanishini
ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar
ekan:
-
mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum summasining o‘zgarishi;
161
-
aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.
“Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan
foydalangan
holda fermer xo‘jaligi aylanma mablag‘lari aylanishining tahlili yuqoridagi
ko‘rsatkichlar orqali tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(6.23-jadval).
Dostları ilə paylaş: