172
vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi, asosiy vositalarning eskirish
koeffitsiyenti, asosiy vositalarning
yaroqlilik koeffitsiyenti, asosiy vositalarni
yangilanish koeffitsiyenti va asosiy vositalarni chiqib ketish koeffitsiyenti kabi
ko‘rsatkichlar kiradi. Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
quyidagi
jadvalda keltirilgan (7.3-jadval).
7.3-jadval
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
№
Ko‘rsatkichlar
Aniqlash tartibi
Izoh
1
Asosiy vositalarning
umumiy
mablag‘lardagi hissasi
(Ka)
Ka = AV / B
Bu yerda: AV –
asosiy vositalarning
o‘rtacha yillik qiymati, B – balans
aktivi jami
Bu asosiy vositalar qiymati
umumiy mablag‘larning
qancha
qismini
tashkil
etishini
ko‘rsatadi
2
Asosiy vositalarning
eskirish koeffitsiyenti
(Ke)
Ke = AVe / AVb
Bu yerda: AVe – asosiy vositalarning
eskirish qiymati, AVb – asosiy
vositalarning boshlan-g‘ich qiymati
Bu asosiy vositalar boshlang‘ich
qiymatining
qancha
qismi
eskirib,
xarajatlarga
o‘tkazilganligini bildiradi
3
Asosiy vositalarning
yaroqlilik
koeffitsiyenti (Kyak)
Kyak = AVq / AVb
Bu
yerda:
AVq
–
asosiy
vositalarning qoldiq qiymati, AVb –
asosiy vositalarning boshlang‘ich
qiymati
Bu ko‘rsatkich asosiy vositalar
boshlang‘ich
qiymatining
qancha
qismi
xarajatlarga
o‘tkazilgan-ligini, ya’ni
qoldiq
qiymatini ifodalaydi
4
Asosiy vositalarning
yangilanish
koeffitsiyenti (Kya)
Kya = AVya / AVb
yo
Bu yerda: AVya – yangidan qabul
qilingan asosiy vositalar qiymati,
AVb
yo
– asosiy vosita-larning yil
oxiridagi boshlang‘ich qiymati
Bu ko‘rsatkich
hisobot davrida
yangidan qabul qilingan asosiy
vositalarning
yil
oxiridagi
umumiy
asosiy
vositalar
qiymatidagi hissasini ifodalaydi
5
Asosiy vositalarning
chiqib ketish
koeffitsiyenti (Kch)
Kch = AVch / AVb
yb
Bu yerda: AVch – hisobot davrida
chiqib
ketgan
asosiy
vositalar
qiymati,
AVb
yb
–
asosiy
vositalarning
yil
boshidagi
boshlang‘ich qiymati
Bu asosiy vositalarning hisobot
davrida
qancha qismi hisobdan
chiqarilganligini ifodalaydi.
Mazkur ko‘rsatkichlar barcha asosiy vositalar hamda ularning alohida turlari
va guruhlari bo‘yicha tahlil qilib o‘rganiladi va o‘zgarish sabablari ko‘rib chiqilib,
tegishli xulosalar shakllantiriladi.
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilib o‘rganilar
ekan, birinchi navbatda ularning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni
o‘rgangan holda baho berib borish lozim. Chunki, asosiy vositalar tarkibida yil
davomida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ya’ni yangi asosiy vositalarni qabul qilinishi
tufayli asosiy vositalar turi va qiymati ortib boradi hamda eskirgan asosiy
173
vositalarni hisobdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bu esa,
asosiy vositalar texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi.
Asosiy vositalar texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagi
ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
-
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti;
-
asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti.
Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi yuqoridagi 7.3-jadvalda keltirilgan.
Mazkur ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida tahlil
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (7.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: