175
koeffitsiyentga o‘sgan. Hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning o‘tgan
yilga
nisbatan o‘zgarishi esa 0,101 koeffitsiyentga ortgan.
Umuman olganda “Sharq” fermer xo‘jaligida
asosiy vositalarning
yangilanish darajasini o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ijobiy baholashimiz
mumkin bo‘ladi. Bu esa, fermer xo‘jaligi rahbariyati
tomonidan eskirgan asosiy
vositalarni
yangilash
bo‘yicha
tegishli
amaliy
choralarni
amalga
oshirilayotganligidan dalolat beradi. Biroq, bunday sur’atdagi yangilanish darajasi
bugungi kun talablariga mos kelmaydi. Chunki,
bugungi kunda fan texnika
taraqqiyotining rivojlanib borayotganligi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy
vositalari to‘liq bir marta yangilanish davri 4-5 yildan
ortib ketmasligi lozim
bo‘ladi. Bunday natijaga esa, xo‘jalik yurituvchi subyektlar har yili o‘zining asosiy
vositalarini 20-25 foizini yangilab borish orqali erishishi mumkin.
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilib o‘rganish
bilan bir qatorda asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik
va foydalanish
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ham tahlil qilib o‘rganiladi. Shu sababli
keyingi paragraflarda mazkur ko‘rsatkichlar tahliliga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: