186
A) Yalpi mahsulot hajmini asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik
qiymatiga bo‘lish orqali
B) Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatini yalpi mahsulot
hajmiga bo‘lish orqali
C) Sof foydani asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish orqali
D) Yalpi mahsulot hajmini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish
orqali
9. Fond sig‘imi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi?
A) Yalpi mahsulot hajmini asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish
bilan aniqlanadi
B) Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymatini yalpi mahsulot
hajmiga bo‘lish bilan aniqlanadi
C) Sof foydani asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish
bilan
aniqlanadi
D) Yalpi mahsulot hajmini asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik
qiymatiga bo‘lish bilan aniqlanadi
187
VIII BOB. DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARINING TAHLILI
8.1. Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlilining maqsadi, vazifalari va
axborot manbalari
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan
o‘zaro turli hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Subyektning moliyaviy holatining
mustahkamligini ta’minlashning asosiy shartlaridan
biri bu mazkur hisob-
kitoblarni to‘g‘ri tashkil etgan holda to‘lov imtizomiga rioya qilish hisoblanadi.
Chunki, o‘zaro hisob-kitoblarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilmasligi
natijasida debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi. Ushbu qarzlarning katta
hajmda to‘planib qolishi bevosita subyekt moliyaviy holatining yomonlashuviga
ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, debitorlik qarzlarining katta hajmda paydo bo‘lishi
mavjud
mablag‘larni muomaladan chiqarilishi natijasida o‘z
aylanma
mablag‘larining yetishmovchiligi yuzaga keladi, bu esa kreditorlik qarzining
oshishiga olib keladi,
bunday holat esa, subyektning moliyaviy ahvoliga salbiy
ta’sir qiladi. Shu bois, debitorlik va kreditorlik qarzlar bilan bog‘liq jarayonni
uzluksiz tahlil qilib o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlil qilib o‘rganilar ekan,
birinchi
navbatta debitorlik va kreditorlik qarzlari deganda qanday qarzlar ekanligini
tushunib olishimiz lozim. Ya’ni, d
ebitorlik qarzlari
bu xo‘jalik yurituvchi
subyektning boshqa korxona va tashkilotlardan olishi lozim bo‘lgan
majburiyatlaridir.
Kreditorlik qarzlari
esa xo‘jalik subyektining boshqa korxona va
tashkilotlarga to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatlaridir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda debitorlik
va kreditorlik qarzlarining
mavjud holatini o‘rganish orqali ularning aylanish davrini tezlashtirish
imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash debitorlik va
kreditorlik qarzlari tahlilining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda debitorlik va kreditorlik qarzlari
tahlilining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
188
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy holatiga va ular o‘rtasidagi
tenglik nisbatiga baho berish;
-
debitorlik
qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho
berish;
-
kreditorlik qarzlarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho
berish;
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligi va uning
o‘zgarishiga baho berish;
-
muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini
aniqlash va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish;
-
debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlari to‘lash bo‘yicha
mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari tahlili tegishli
axborot manbalaridan
foydalanish asosida amalga oshiriladi. Bunday axborot manbalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
“Buxgalteriya balansi” ma’lumotlari;
-
debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining
tegishli schyotlar ma’lumotlari.
Dostları ilə paylaş: