181
va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni omilli tahliliga to‘xtalib
o‘tamiz.
7.9-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida asosiy
vositalar rentabelligi o‘tgan yili 0,46 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich hisobot yilida 0,41 ming so‘mga teng bo‘lgan. Ya’ni, o‘tgan yilga
nisbatan 0,05 ming so‘mga kamaygan.
Ushbu o‘zgarish quyidagi ikki omil hisobiga sodir bo‘lgan:
-
sof foyda summasining o‘zgarishi;
-
asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi.
Mazkur omillarning ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli orqali aniqlash
mumkin. Buning uchun fermer xo‘jaligida shartli asosiy vositalar rentabelligini
aniqlab olish lozim. Ushbu shartli ko‘rsatkichni aniqlash uchun hisobot yilidagi sof
foyda summasini o‘tgan yildagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatiga bo‘lish
kerak:
Kq
sh
= SF
1
/ AV
0
= 41324 / 83432 = 0,49 ming so‘m.
Endi, asosiy vositalar rentabelligi darajasining o‘zgarishiga omillar ta’sirini
“Qayta hisoblash” usuli yordamida aniqlashimiz mumkin. Ya’ni, fermer xo‘jalikda
asosiy vositalar rentabellik darajasining o‘zgarishiga
sof foyda summasining
o‘zgarishini ta’sirini aniqlash uchun shartli ko‘rsatkichdan uning o‘tgan yildagi
ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak:
∆K
SF
= (SF
1
/ AV
0
) – (SF
0
/ AV
0
) = 0,49 – 0,46 = +0,03 ming so‘m.
Demak, fermer xo‘jaligi sof foydasining o‘tgan yilga nisbatan 2578 ming
so‘mga ko‘payishi asosiy vositalar rentabelligi darajasini, ya’ni 1000 so‘mlik
asosiy vositalar hisobiga olingan sof foyda hajmini 0,03 ming so‘mga ortishiga
ta’sir ko‘rsatgan.
Fermer xo‘jaligida o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha
yillik
qiymatining 17753 ming so‘mga ko‘payishini asosiy vositalar rentabelligi
darajasiga ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichdan shartli
ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim:
182
∆K
AV
= (SF
1
/ AV
1
) – (SF
1
/ AV
0
) = 0,41 – 0,49 = - 0,08 ming so‘m.
Yuqoridagi hisob-kitobga ko‘ra, mazkur omilning o‘zgarishi asosiy vositalar
rentabellik darajasini 0,08 ming so‘mga pasaytirgan. Boshqacha qilib aytganda,
1000 so‘mlik asosiy vositalar hisobiga olingan sof foyda summasi 0,08 ming
so‘mga kamaygan.
Shunday qilib, asosiy vositalar rentabelligi darajasi ikki omilning ta’siri
natijasida o‘tgan yilga nisbatan 0,05 ming so‘mga kamaygan.
Bunga asosan
yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha
yillik qiymatining oshishi, sof foyda summasining o‘sishiga qaraganda yuqori
bo‘lganligi katta ta’sir ko‘rsatgan. Shu bois, “Sharq” fermer xo‘jaligi
rahbariyati
asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-
tadbirlarni ishlab chiqishi lozim. Chunki, asosiy vositalardan samarali foydalanish
mahsulot hajmini ortishiga, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi arzonlashishiga
ta’sir ko‘rsatadi va natijada rentabellik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: