177
1324 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, hisobot yilida 1557 ming so‘mga teng
bo‘lgan. Ya’ni, o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 233 ming so‘mga ko‘paygan.
Albatta, fermer xo‘jaligida asosiy vositalar bilan ta’minlanish va qurollanish
darajalarining o‘tgan yilga nisbatan ko‘payishini ijobiy holat sifatida baholash
mumkin. Biroq, ushbu o‘zgarishlarni sabablarini omilli tahlil qilish orqali aniqlash
lozim. Chunki, bunday o‘zgarishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatganini o‘rganish
asosida ularning ta’sir darajalarini aniqlash moliyaviy tahlilda muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi.
Shu bois, ushbu ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan asosiy vositalar
bilan qurollanish darajasi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga
to‘xtalib o‘tamiz.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, asosiy vositalar bilan qurollanish
koeffitsiyenti asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatini xodimlarning o‘rtacha
yillik
soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Aniqlangan natija bir xodim hisobiga to‘g‘ri
keladigan asosiy vositalar hajmini ifodalaydi. Bu bog‘lanishni
quyidagicha
matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin:
Kq = AV / X, (7.1)
Bunda: Kq – asosiy vositalar bilan qurollanish koeffitsiyenti; AV –
asosiy vositalarning
o‘rtacha yillik qiymati; X – xodimlarning o‘rtacha yillik soni.
Ushbu formuladan ko‘rinadiki, asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga quyidagi ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
-
asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi;
-
xodimlarning o‘rtacha yillik sonining o‘zgarishi.
Mazkur omillarning ta’sirini “Qayta hisoblash”
usuli orqali aniqlash
mumkin. Buning uchun fermer xo‘jaligida shartli bir xodimga to‘g‘ri keladigan
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini aniqlab olish zarur. Shartli
ko‘rsatkichni aniqlash uchun hisobot yilidagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik
qiymatini o‘tgan yildagi xodimlar o‘rtacha yillik soniga bo‘lish kerak:
Kq
sh
= AV
1
/ X
0
= 101185 / 63 = 1606 ming so‘m.
Shundan
so‘ng,
asosiy
vositalar
bilan
qurollanish
darajasi
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisob-kitob qilib aniqlashimiz
178
mumkin. Ya’ni, fermer xo‘jalikda asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga asosiy vositalarning o‘rtacha
yillik qiymatining
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli ko‘rsatkichdan uning o‘tgan yildagi
ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak:
∆K
AV
= (AV
1
/ X
0
) – (AV
0
/ X
0
) = 1606 – 1324 = +282 ming so‘m.
Demak, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘tgan yilga
nisbatan 17753 ming so‘mga ko‘payishi bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy
vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini 282 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.
Ikkinchi omil xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘zgarishini ta’sirini aniqlash
uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichdan shartli ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim:
∆K
X
= (AV
1
/ X
1
) – (AV
1
/ X
0
) = 1557 – 1606 = -49 ming so‘m.
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘tgan yilga
nisbatan 2 kishiga ko‘payishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning
o‘rtacha yillik qiymatini 49 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shunday
bo‘lsada, o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘sish
salmog‘ining yuqori bo‘lganligi, mazkur kamayish qiymatini to‘liq qoplagan holda
fermer xo‘jaligida xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan
yilga nisbatan 233 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Bunday
ko‘rsatkichni fermer xo‘jaligi faoliyati uchun ijobiy holat sifatida baholashimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: