179
samaradorligi darajasini o‘rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash
moliyaviy tahlilda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
sifatida asosiy
vositalar rentabelligi, fond qaytimi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi.
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi quyidagi
jadvalda keltirilgan
(7.8-jadval).
7.8-jadval
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash
tartibi
№
Ko‘rsatkichlar
Aniqlash tartibi
Izoh
1
Fond qaytimi
(FQ)
FQ = YaM / AV
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot, AV –
asosiy vositalarning o‘rtacha
yillik
qiymati
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy
vositalar hisobiga ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini bildiradi
2
Fond sig‘imi
(FS)
FS = AV / YaM
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot, AV –
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik
qiymati
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik yalpi
mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan
asosiy
vositalar
qiymatini
ifodalaydi
3
Asosiy vositalar
daromadliligi
(AD)
AD = SST / AV
Bu yerda: SST – mahsulot (ish, xizmat)
sotishdan
olingan sof tushum, AV –
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik
qiymati
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy
vositalar
hisobiga olingan sof
tushum summasini bildiradi
4
Asosiy vositalar
rentabelligi
(AR)
AR = SF / AV
Bu yerda: SF – sof foyda, AV – asosiy
vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy
vositalar hisobiga olingan foyda
summasini bildiradi
Moliyaviy tahlilda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ifodalovchi
ko‘rsatkichlar tahlili ularning har bir turi bo‘yicha hisobot yilidagi ko‘rsatkichini
o‘tgan yildagi ko‘rsatkichiga solishtirib o‘zgarishini aniqlab o‘rganishdan
boshlanadi.
Xususan, mazkur ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi
misolida tahlil
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (7.9-jadval).
7.9-jadvalda “Sharq” fermer xo‘jaligida asosiy vositalardan foydalanish
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili keltirilgan. Unga ko‘ra fermer
xo‘jaligida fond qaytimi o‘tgan yili 9,4 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich hisobot yilida 8,1 ming so‘mga teng bo‘lgan. Demak,
hisobot yilida
o‘tgan yilga nisbatan fond qaytimi darajasi, ya’ni 1000 so‘mlik asosiy vosita
hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 1,3 ming so‘mga yoki 14
foizga