193
qoidalarni to‘g‘ri talqin qilolmasligi;
-
hisob-kitoblar zamonaviy shakllari cheklanganligi.
Shuningdek, moliyaviy tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va
kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishiga ham alohida ahamiyat beriladi. Chunki,
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
barqarorligining buzilishiga, moliyaviy holatining yomonlashuviga olib kelishi
mumkin.
Ma’lumki, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra debitorlik va
kreditorlik qarzlarini undirib olish muddati 3 oy yoki 90 kalendar kun qilib
belgilangan. Ushbu belgilangan muddatdan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlari
nazoratga olinishi hamda ularning holati bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan
javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanishi zarur.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida
xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan boshqa yuridik shaxslar o‘rtasida ham, jismoniy
shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda
to‘lanmagan yoki undirib olinmagan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda
va zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini
foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari amaldagi normativ-huquqiy
hujjatlarda qat’iy belgilangan.
Dostları ilə paylaş: