195
asosiy qismini o‘rganilayotgan davrlarda xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari
tashkil etmoqda. Mazkur qarzlar hajmi ham o‘tgan yilga nisbatan 2456 ming
so‘mga yoki 18 foizga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Qolgan qarz turlari
asosini berilgan bo‘naklar tashkil etmoqda. Bunday
holatni bir tomondan fermer
xo‘jaligi to‘lov imtizomiga rioya qilmoqda deb baholash mumkin. Biroq, to‘lov
muddati kelmagan majburiyatlarni bajarish uchun oldindan bo‘nak
tariqasida
mablag‘larning o‘tkazilishi, xo‘jalik faoliyatida mablag‘larning yetishmovchiligiga
olib keladi. Bu esa, fermer xo‘jaligining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bois, biror bir xulosaga kelishdan oldin debitorlik
qarzlarini vujudga kelish
muddatlari bo‘yicha ham tahlil qilib o‘rganish lozim.
“Sharq” fermer xo‘jaligining hisobot yilida debitorlik
qarzlarini vujudga
kelish muddatlari bo‘yicha tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga
ega bo‘lindi (8.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: