197
8.6-jadval
“Sharq” fermer xo‘jaligida debitorlik qarzlari aylanuvchanligining tahlili
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
yili
Hisobot yili
O‘zgarishi
(+,-)
1. Jami debitorlik qarzlari, ming so‘m
25514
24685
-829
2. Mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof
tushum, ming so‘m
653350
683292
+29942
3. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlari, ming so‘m
-
-
-
4. Debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti
(2/1)
25,607
27,680
+2,073
5. Debitorlik qarzlarining aylanish davri, kun
hisobida (1*360/2)
14
13
-1
6. Muddati o‘tgan debitorlik qarzlari ulushi, %
(4/1*100)
-
-
-
Fermer xo‘jaligida debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti o‘tgan yili
25,607 koeffitsiyentni tashkil qilgan bo‘lsa, bu koeffitsiyent hisobot yilida 27,680
koeffitsiyentga ya’ni, 2,073 koeffitsiyentga ko‘tarilganligini ko‘rish mumkin.
Bunday natijalarni fermer xo‘jaligi uchun nisbatan
ijobiy holat deb baholash
mumkin.
Yuqorida fermer xo‘jaligi debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va
aylanish davrlarini aniqlab, ularning o‘zgarishini taqqoslash usuli orqali o‘rgangan
holda umumiy baho berildi. Endi, debitorlik qarzlarining aylanish koeffitsiyenti va
aylanish davrlarining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga to‘xtalib
o‘tamiz. Chunki, mazkur ko‘rsatkichlar qaysi omillar hisobiga o‘zgarganligi va
ularning ta’sir darajalari qanday bo‘lganligini o‘rganish moliyaviy tahlilning asosiy
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu bois, ularning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar tahlil qilib o‘rganiladi. Masalan, debitorlik qarzlarining aylanish
koeffitsiyentining o‘zgarishiga yuqoridagi 8.5-jadvalda
keltirilgan aniqlash
tartibiga ko‘ra ikki omil ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni:
-
mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan sof tushum summasining
o‘zgarishi;
-
debitorlik qarzlari summasining o‘zgarishi.
Ushbu omillarning debitorlik qarzlari aylanish koeffitsiyentiga ta’sirini
“Qayta hisoblash” usuli orqali tahlil qilib o‘rganish mumkin. Buning uchun shartli
198
aylanish koeffitsiyentini aniqlab olish lozim. Uni aniqlash
uchun hisobot yilidagi
mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan sof tushumni (SST) o‘tgan yildagi
debitorlik qarzlariga (DQ) bo‘lish kerak:
Ka
sh
= SST
1
/ DQ
0
= 683292 / 25514 = 26,781 ming so‘m.
Xuddi shunday tartibda debitorlik qarzlarining
ham shartli aylanish davri
aniqlab olinadi.
Mazkur bog‘lanish ko‘rsatkichlari aniqlangandan so‘ng, ularning o‘zgarishi
va omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi (8.7-jadval).
Dostları ilə paylaş: