171
vositalarning 85-90 % ini tashkil qilmoqda. Joriy yilda xo‘jalikdagi asosiy
vositalardan mashina va jihozlarning qiymati 3670 ming so‘mga, mebel va ofis
jihozlari qiymati 338 ming so‘mga, kompyuter jihozlari
va hisoblash texnikasi
qiymati 1602 ming so‘mga hamda transport vositalarining qiymati 10150 ming
so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, ishchi va mahsuldor hayvonlar qiymati 1923 ming
so‘mga kamaygan.
Joriy yilda mashina va jihozlar va transport vositalarining o‘sganligi
xo‘jalikning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Chunki, mashina va
jihozlar hamda transport vositalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ishlab chiqarishda
qatnashadigan vositalar qatoriga kiradi.
Tahlil natijalariga asoslangan holda shuni aytish mumkin-ki, “Sharq” fermer
xo‘jaligida asosiy vositalarning dinamik o‘sishi kuzatilgan bo‘lib, bu fermer
xo‘jaligida asosiy vositalarning bosqichma-bosqich yangilanayotganligidan dalolat
beradi.
7.3. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash
yo‘llari
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalar
holatini va ulardan
foydalanish samaradorligini tahlil qilib o‘rganishda, asosiy vositalarni ifodalovchi
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bugungi
kunda iqtisodchi olimlar tomonidan asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar
tizimi uch guruhga bo‘lib o‘rganilmoqda (7.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: