153
jarayonining qiyinligi, debitorlarning to‘lovga qobiliyatli emasligi, muddati o‘tgan
debitorlik qarzlari summasining kattaligi sababli fermer xo‘jaligi to‘lov
qobiliyatiga ega bo‘lmasligi mumkin.
Demak, korxonaning moliyaviy holati tahlil qilib o‘rganilganda,
birinchi
navbatda uning balans likvidligi holati o‘rganilishi va shundan so‘ng to‘lov
qobiliyati darajasiga baho berilishi kerak. Chunki, fermer xo‘jaligining balans
likvidligini hamda moliyaviy holatini ijobiy
baholagan holda boshqaruv
qarorlarining qabul qilinishi, uning to‘lov qobiliyatiga ega emasligi natijasida o‘z
samarasini bermasligi mumkin.
Shu bois, keyingi paragrafda to‘lov qobiliyati
tushunchasi, uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni
aniqlash tartibi hamda
tahliliga kengroq to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: