283
talablarini aks ettiradigan, qo‘shimcha mezonlarni shakllantirish zarur.
Shunday qilib, investisiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
baholashda yuqorida bayon etilgan metodlardan malakali foydalanish va
samaradorlik mezonlarini aniq belgilash muqobil loyihalardan eng maqbulini
tanlash hamda amalga oshirishga yordam beradi. Ta’kidlash joizki,
investisiyalar
samaradorligini baholashning statik metodlari obyektni umumiy holda tavsiflaydi,
dinamik metodlar esa investisiyalarning muhim o‘lcham (mezon)larini aniqroq
baholashga imkon yaratadi. Kuchli globallashuv va keskin raqobat sharoitida
ushbu ko‘rsatkichlarni investisiyalash davri nisbatan qisqa bo‘lgan loyihalar uchun
qo‘llash yaxshi samara beradi.
Shuningdek,
tashqi omillar bilan birga, investisiya loyihalarining
samaradorligini baholashga ichki omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Ichki omillar ta’siri
asosan kelgusidagi pul tushumlarini prognozlashda, ya’ni
ularning qay darajada
aniqligida namoyon bo‘ladi. Samaradorlik ko‘rsatkichlari investisiyalarni ko‘proq
moliyaviy jihatdan tavsiflaydi va olinadigan daromadlar bilan sabab-oqibatli
aloqadorligini ochib bermaydi. Muhimi, ushbu ko‘rsatkich (koeffitsiyent)larni
hisob-kitob qilishning soddaligi va tahlilning dastlabki bosqichlaridayoq samarasiz
loyihalarni aniqlash hamda rejadan chiqarib tashlashga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: