Zligi. Energetika xavfsiz



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/5
tarix21.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#188018
  1   2   3   4   5
7-mavzu


7-MAVZU:ENERGETIKA SOHASIDA XAVFSIZLIKNI TAMINLASH
Energetika xavfsizligi. Energetika xavfsizligi borasida
ichki va tashqi xavf-xatarlar
Energetika xavfsizligi har qanday mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashda muhim o’rin tutadi. O’tgan asrning 70- yillarida yaqin sharqdagi inqiroz natijasida erkin bozor munosabatlari chuqur ildiz otgan sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarga mazkur hududlardan neft eksportining qisqarishi va buning oqibatida neft narxining keskin ko’tarilishi asosida energetika xavfsizligi muammosi birinchi marta yuzaga chiqqan.
Iqtisodiyoti energiya resurslari va birinchi navbatda, neft hamda gaz mahsulotlari importiga bog’liq bo’lgan mamlakatlar bunday sharoitda yirik energetik inqirozni boshdan kechirishga majbur bo’ldilar. Davlat va davlatlararo hamda shu bilan bir qatorda, korporatsiyalar va yaxlit biznes darajasida ko’rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bunday inqirozni yengib o’tish mumkin bo’ldi. Inqirozdan chiqish borasida ko’rilgan chora- tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Xalqaro energetika agentligi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida energetika sohasida amalga oshiriluvchi davlat siyosatini qayta ko’rib chiqish; energiya tejamkorlik borasida faol siyosat yuritish; noan‘anaviy energiya resurslarini energiya balansiga kiritish; bir qator mamlakatlarda ko’mir sanoatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash; neftning strategik zaxiralarini yaratish va shu kabilar. Ushbu davrga kelib energetika xavfsizligi tushunchasi shakllandi.
Energiya manbalarining yirik eksportyorlaridan biri bo’lgan O’zbekiston uchun energetika borasida energetik xavfsizlikni inobatga olgan holda amalga oshiriluvchi davlat siyosati muhim o’rin tutadi. Katta tabiiy energiya resurslari zaxiralari va yoqilg’i – energetika majmuining yirik ishlab chiqarish salohiyati yaqin istiqbolda mamlakatning energetik mustaqilligiga putur yetmasligidan dalolat bersada, uzoq muddatli istiqbolda energetika sohasida barqarorlikka erishish maqsadida hozirdanoq chora- tadbirlar ishlab chiqilishi lozimligini ko’rsatadi. Biroq bugungi kunda mamlakat energetika sohasida kuzatilayotgan ko’p qirrali va chuqur ildiz otgan inqiroz, energetika salohiyati va ishlab chiqarish kuchlarini nomutanosib joylashtirish istiqbolda mamlakatning qator hududlarini energiya ta‘minotida muammolar keltirib chiqarishi va umumiy tarzda mamlakatning energiya resurslari bilan to’la-to’kis ta‘minlanish darajasiga jiddiy salbiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy mavqeyini mustahkamlash va aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘minlash borasida energetik sektorining salohiyatini mustahkamlash va tabiiy energiya resurslaridan yuqori darajada samarali foydalanishni yo’lga qo’yish mamlakat energetika siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Energetik xavfsizlik mamlakat aholisini, jamiyat, davlat, iqtisodiyot tarmoq va sohalarining yoqilg’i hamda enegriya resurslari bilan ishonchli ta‘minlanishi borasida yuzaga keluvchi xavf-xatarlardan himoyalanganlik darajasidir. Ushbu xavf-xatarlar tashqi (geosiyosiy, makroiqtisodiy, konyunkturaviy) omillar va shu bilan bir qatorda, mamlakat energetika sektorining holati va faoliyat ko’rsatishi bilan belgilanadi.
O’zbekistonda 2020-yilda umumiy ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 62,2 mlrd kvt soatni tashkil etdi, elektr stansiyalarining o’rtacha yillik yuklamasi 70-72 foizni tashkil etadi, bir kishiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 1 838 kvt soatni tashkil etadi, bu Qirg’izistondan keyin (1 375) MDH mamlakatlarida ikkinchi eng kam ko’rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun ushbu ko’rsatkich bir kishiga Rossiya Federatsiyasida 7 245, Qozog’istonda 5 405, Tojikistonda 2 000 kvt soatidan ortiqni tashkil etishini qayd etish mumkin.
"O’zbekenergo"AJ
tizimida ma‘naviy eskirgan asosiy fondlar (30 yildan ortiq foydalangan) ulushi 62,4 foizni tashkil etadi. Iste‘molchilarga taqsimlash jarayonida iste‘molchilarga berishda elektr energiyasining o’rtacha yillik nobudgarchiligi umumiy hajmga nisbatan 16 foizni tashkil etadi.
Energetika tarmog’i bugungi kunda o’zining salohiyatidan to’liq foydalanmayotganligini qayd etish mumkin, respublika va yaqinda joylashgan mintaqalarning ehtiyojlarini qoplashda taqchillik mavjud. Ushbu sohada davlat aktivlarini boshqarishning yo’lga qo’yilgan samarali tajribasi mavjud emas. Sohada mulkida davlat ulushi bo’lgan deyarli barcha korxonalar talab darajasida bo’lmagan muammolar hamda qator vazifalarni hal etish uchun boshqariladi. Korxonalarni istiqbolli rivojlantirish bozor ko’nikmalari hisobga olinmasdan ma‘muriy usullar bilan rejalashtiriladi.
Sanoat korxonalarini va aholining elektr hamda issiqlik energiyasi, tabiiy gaz bilan ta‘minlanganligi darajasini oshirish, ushbu yo’nalishda innovatsion yechimlarni qo’llagan holda transport va muhandislik tarmoqlarini, logistikasini rivojlantirish, shuningdek, energiya ishlab chiqarish tannarxini, tadbirkorlik subyektlari uchun undan foydalanish qulayligini oshirish O’zbekistonda energetika tarmog’ini rivojlantirishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasiga ko’ra 2030-yilga borib iqtisodiyotda elektr energiyasining prognozlashtiriladigan iste‘moli 1,8 baravar, tabiiy gaz - 1,7 baravar, yoqilg’i-moylash materiallari iste‘moli - 2,1 baravar ko’payadi. O’zbekistonda 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishni 117,2 mlrd kvt soatgacha ko’paytirish (2018-yilga taqqoslaganda o’sish 1,9 baravar), shu jumladan, muqobil yoqilg’ilar va energiya manbalari hisobiga 30 foizgacha ko’paytirish nazarda tutilgan, elektr energiyasi tannarxi 6 foizga, tabiiy gaz tannarxi 30 foizga pasayadi.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin